لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ وَلَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen kufr keltirganlarni yer yuzida qochib qutula olguvchilardir, deb hisoblama! Ularning joyi do`zaxdir. U naqadar yomon borar joydir!Сен куфр келтирганларни ер юзида қочиб қутула олгувчилардир, деб ҳисоблама! Уларнинг жойи дўзахдир. У нақадар ёмон борар жойдир!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz hargiz kofir boʻlgan kimsalarni Yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi deb oʻylamang! Ularning borar joylari doʻzaxdir. Naqadar yomon oqibatdir u!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз ҳаргиз кофир бўлган кимсаларни Ер юзида (бирон жойга) қочиб қутулгувчи деб ўйламанг! Уларнинг борар жойлари дўзахдир. Нақадар ёмон оқибатдир у!
Kofirlarning bu dunyodagi holatlari boshqacha xayolga olib kelmasin. Ular qaysi darajaga erishmasinlar, nimalarga qodir boʻlmasinlar, baribir qochib qutula olmaydilar. Bir kun kelib, kufrlari jazosini tortadilar. Oxir-oqibat, albatta doʻzaxga tushadilar. Oʻsha joyning azobiga giriftor boʻladilar.
Islom dini inson hayotini mukammal tarzda tartibga soluvchi din boʻlib, u insonga barcha narsani–Allohga qanday ibodat qilishdan tortib, kattayu kichik mavjudotlarga munosabati qanaqa boʻlishigacha koʻrsatib beradi. Ushbu «Nur» surasi buning yorqin misoli ekanini koʻrib turibmiz. Zero, bu surada insonning yer yuzida xalifa boʻlishi, Islom dinini mustahkamlashi kerakligi bayon qilinganidan soʻng, endi, uy ichidagi baʼzi muomalalar, xizmatchilar va kichik yoshdagi bolalarning xonadon sohiblari huzuriga kirishga izn soʻrashi borasida nimalar qilishlari lozimligi va shunga oʻxshash boshqa masalalarga ham toʻxtab oʻtiladi: