QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят58

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِيَسْتَـْٔذِنكُمُ ٱلَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُمْ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُوا۟ ٱلْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَـٰثَ مَرَّٰتٍ ۚ مِّن قَبْلِ صَلَوٰةِ ٱلْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ ٱلظَّهِيرَةِ وَمِنۢ بَعْدِ صَلَوٰةِ ٱلْعِشَآءِ ۚ ثَلَـٰثُ عَوْرَٰتٍ لَّكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحٌۢ بَعْدَهُنَّ ۚ طَوَّٰفُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَـٰتِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Qo`lingizda mulk bo`lganlar va o`zingizdan balog`atga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn so`rasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan so`ng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yo`q. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.Эй, иймон келтирганлар! Қўлингизда мулк бўлганлар ва ўзингиздан балоғатга етмаганлар сиздан уч вақтда изн сўрасинлар: бомдод намозидан олдин, пешинда кийимларингизни ечадиган пайтингизда ва хуфтон намозидан сўнг. (Ушбу) уч вақт сиз учун авратдир. Улардан кейин сизга ҳам, уларга ҳам гуноҳ йўқ. Улар сизнинг атрофингизда, бир-бирингизга айланиб турувчидирсиз. Аллоҳ сизларга оятларни ана шундай баён қилур. Аллоҳ ўта билгувчи, ўта ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, qoʻl ostingizdagi (qul va choʻrilaringiz) hamda oʻzlaringizning balogʻatga yetmagan (bolalaringiz) uch vaqtda (huzuringizga kirish uchun) sizlardan izn soʻrasinlar — bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida (issiqdan) kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin. (Bu uch vaqt) sizlarning avratlaringiz (ochiq boʻlishi mumkin boʻlgan vaqtlardir). Ular oʻsha (vaqtlardan) soʻng (izn soʻramay kirishlarida) sizlarga ham, ularga ham gunoh yoʻqdir. (Chunki) ular sizlarga, biringiz biringizga kelib-ketib turguvchidirsizlar. Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat Sohibidir.Эй мўминлар, қўл остингиздаги (қул ва чўриларингиз) ҳамда ўзларингизнинг балоғатга етмаган (болаларингиз) уч вақтда (ҳузурингизга кириш учун) сизлардан изн сўрасинлар — бомдод намозидан илгари, пешин вақтида (иссиқдан) кийимларингизни ташлаган пайтингизда ва хуфтон намозидан кейин. (Бу уч вақт) сизларнинг авратларингиз (очиқ бўлиши мумкин бўлган вақтлардир). Улар ўша (вақтлардан) сўнг (изн сўрамай киришларида) сизларга ҳам, уларга ҳам гуноҳ йўқдир. (Чунки) улар сизларга, бирингиз бирингизга келиб-кетиб тургувчидирсизлар. Аллоҳ оятларни сизларга мана шундай баён қилур. Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.

357-sahifa · 18-juz · 36-hizb357-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларلِيَسْتَـْٔذِنكُمُsizdan izn soʻrasinlarсиздан изн сўрасинларٱلَّذِينَoʻshalarўшаларمَلَكَتْmulk qilganмулк қилганأَيْمَـٰنُكُمْqoʻllaringizқўлларингизوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларلَمْemasэмасيَبْلُغُوا۟yetmaganетмаганٱلْحُلُمَbalogʻatgaбалоғатгаمِنكُمْsizlardanсизларданثَلَـٰثَuchучمَرَّٰتٍۢ ۚvaqtdaвақтдаمِّن-dan-данقَبْلِoldinолдинصَلَوٰةِnamozidanнамозиданٱلْفَجْرِbomdodбомдодوَحِينَva paytingizdaва пайтингиздаتَضَعُونَyechadiganечадиганثِيَابَكُمkiyimlaringizniкийимларингизниمِّنَ-da-даٱلظَّهِيرَةِpeshindaпешиндаوَمِنۢva -danва -данبَعْدِsoʻngсўнгصَلَوٰةِnamozidanнамозиданٱلْعِشَآءِ ۚxuftonхуфтонثَلَـٰثُuchучعَوْرَٰتٍۢavrat vaqtidirаврат вақтидирلَّكُمْ ۚsiz uchunсиз учунلَيْسَyoʻqdirйўқдирعَلَيْكُمْsizgaсизгаوَلَاva emasва эмасعَلَيْهِمْulargaуларгаجُنَاحٌۢgunohгуноҳبَعْدَهُنَّ ۚulardan keyinулардан кейинطَوَّٰفُونَaylanib turuvchidirsizайланиб турувчидирсизعَلَيْكُمsizning atrofingizdaсизнинг атрофингиздаبَعْضُكُمْbir-biringizбир-бирингизعَلَىٰ-ga-гаبَعْضٍۢ ۚboshqangizgaбошқангизгаكَذَٰلِكَana shundayана шундайيُبَيِّنُbayon qilurбаён қилурٱللَّهُAllohАллоҳلَكُمُsizlargaсизларгаٱلْـَٔايَـٰتِ ۗoyatlarniоятларниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلِيمٌoʻta bilguvchiўта билгувчиحَكِيمٌۭoʻta hikmatli zotdirўта ҳикматли зотдир
TafsirТафсир

Oldingi oyatlarda birovning uyiga kirish uchun albatta izn soʻrash lozimligi aytilgan edi. Ushbu oyati karimada esa, uy ichidagilar ham bir-birlarining oldiga kirish uchun izn soʻrashi kerakligi haqida gap yuritilmoqda.

Avvalda qul va choʻrilar, hozirda uy xizmatchilari, odatda, xonadon ichida aralashib yuradilar. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalar ham. Koʻplar bu holatlarga pisandsizlik bilan qaraydilar. Aslida esa, bu qul, bu choʻri yoki bu oʻzimizning xizmatchimiz-ku, yoxud, bu oʻzimizning balogʻatga yetmagan kichik bolamiz-ku, demasdan, hushyor boʻlish kerak. Qul va xizmatchilardan ham avratni ehtiyot qilgan maʼqul. Bolalarning esa, odob-axloq doirasida tarbiya topishlariga ahamiyat berish kerak. Shuning uchun ham, Alloh taolo bu ishga alohida eʼtibor qaratib, Qurʼoni Karimda oyatlar tushirib, uning hukmini bayon qilmoqda.

«Ey, iymon keltirganlar! Qoʻlingizda mulk boʻlganlar va oʻzingizdan balogʻatga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn soʻrasinlar.»

Yaʼni, qul va choʻrilaringiz hamda balogʻatga yetmagan kichik yoshdagi bolalaringiz siz turgan xos joyga kirishdan oldin uch vaqtda izn soʻrasinlar. Oʻsha vaqtlarning birinchisi:

«...bomdod namozidan oldin...»

Chunki, bu vaqtda odam hali oʻrnida yotgan boʻladi. Agar ular izn soʻramay kirsalar, noqulay holat yuzaga kelishi mumkin.

Ikkinchisi:

«...peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda...»

Ayniqsa, Qurʼon nozil boʻlgan issiq oʻlkalarda peshin vaqtida yechinib, salqinlab, dam olmaslikning hech iloji yoʻq. Bu paytda ham iznsiz kirish noqulay va gunoh ishga sabab boʻlishi mumkin.

Mazkur vaqtlarning uchinchisi:

«...xufton namozidan soʻng».

Bu vaqtda ham kishilar yechinib, dam olayotgan boʻladi.

«(Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir.»

Yaʼni, avratlar ochiladigan vaqtdir. Shuning uchun, qul va choʻrilar ham, balogʻatga yetmagan yosh bolalar ham izn soʻrab kirsinlar.

«Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yoʻq.»

Yaʼni, oʻsha vaqtlardan boshqa payt qul-choʻrilaringiz va balogʻatga yetmagan yosh bolalaringiz izn soʻramay kirsalar, hech biringizga gunoh yoʻq. Chunki:

«Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz».

Odatda, xizmatchilar va yosh bolalarning kirib chiqishlari koʻp boʻladi. Ularga har kirishda izn soʻrash joriy qilinsa, qiyinchilik tugʻiladi. Shuning uchun, mazkur avrat vaqtlaridan boshqasida izn soʻramay kirishlariga ruxsat berildi.

«Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh oʻta bilguvchi, oʻta hikmatli zotdir.»

Uning har bir oyati, har bir hukmi ilmga, hikmatga asoslangandir.

Balogʻatga yetgan bolalarning izn soʻrash hukmi kelgusi oyatda bayon qilinadi: