وَإِذَا بَلَغَ ٱلْأَطْفَـٰلُ مِنكُمُ ٱلْحُلُمَ فَلْيَسْتَـْٔذِنُوا۟ كَمَا ٱسْتَـْٔذَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَـٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachon sizning yosh bolalaringiz balog`atga yetsalar, ulardan oldingilar izn so`raganidek, izn so`rasinlar. Alloh O`z oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.Қачон сизнинг ёш болаларингиз балоғатга етсалар, улардан олдингилар изн сўраганидек, изн сўрасинлар. Аллоҳ Ўз оятларини сизга ана шундай баён қилур. Аллоҳ ўта билгувчи, ўта ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Qachon goʻdaklaringiz balogʻatga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari (balogʻatga yetganlar) kabi izn soʻrasinlar! Alloh Oʻz oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat Sohibidir.Қачон гўдакларингиз балоғатга етсалар, бас, улар ҳам худди улардан илгари (балоғатга етганлар) каби изн сўрасинлар! Аллоҳ Ўз оятларини сизларга мана шундай баён қилур. Аллоҳ билим ва ҳикмат Соҳибидир.
Balogʻatga yetgan oʻgʻil-qizlar ulardan oldin izn soʻrab yurgan katta kishilar kabi, ota-onalari va boshqalar huzuriga iznsiz kirishlari mumkin emas.
Rivoyatlarda kelishicha, sahobai kiromlardan biri ushbu oyat nozil boʻlganidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilib:
«Ey, Allohning Rasuli, mening onam qarib qolgan, men uning xizmatini qilib turaman, har kirganimda ruxsat soʻrashim kerakmi?» deganida Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:
«Nima, boʻlmasa, onangni kiyimsiz holda koʻrmoqchimisan?!»– deganlar.
Aynan shu mulohaza tufayli, balogʻatga yetgan bolalar bir oila aʼzolari boʻlsalar ham, bir-birlarining huzurlariga kirishdan oldin izn soʻrashlari joriy qilingan.
Endi keladigan oyatda esa, oʻta qari ayollar bu hukmdan mustasno qilinadilar: