QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят60

وَٱلْقَوَٰعِدُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ ٱلَّـٰتِى لَا يَرْجُونَ نِكَاحًا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَـٰتٍۭ بِزِينَةٍ ۖ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَّهُنَّ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ayollardan (keksayib) o`tirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini ko`z-ko`z qilmagan holda kiyimlarini qo`yishlarida gunoh yo`qdir. Iffat talabida bo`lsalar, o`zlari uchun yaxshidir. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.Аёллардан (кексайиб) ўтириб қолганлари, никоҳни умид қилмайдиганларига зийнатларини кўз-кўз қилмаган ҳолда кийимларини қўйишларида гуноҳ йўқдир. Иффат талабида бўлсалар, ўзлари учун яхшидир. Аллоҳ ўта эшитгувчи, ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Xotinlardan (oʻtirib) keksayib qolgan, erga tegishni oʻylamaydiganlari biron zeb-ziynat bilan yasanmagan hollarida kiyimlarini (yaʼni, roʻmol, yopinchiqlarini) olib qoʻyishlarida ularga gunoh yoʻqdir. Oʻzlarini pok (yaʼni, roʻmol, yopinchiqda) tutishlari oʻzlari uchun yaxshiroqdir. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Хотинлардан (ўтириб) кексайиб қолган, эрга тегишни ўйламайдиганлари бирон зеб-зийнат билан ясанмаган ҳолларида кийимларини (яъни, рўмол, ёпинчиқларини) олиб қўйишларида уларга гуноҳ йўқдир. Ўзларини пок (яъни, рўмол, ёпинчиқда) тутишлари ўзлари учун яхшироқдир. Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.

358-sahifa · 18-juz · 36-hizb358-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْقَوَٰعِدُva (keksayib) oʻtirib qolganlariва (кексайиб) ўтириб қолганлариمِنَ-dan-данٱلنِّسَآءِayollardanаёлларданٱلَّـٰتِىularуларلَاemasэмасيَرْجُونَumid qilmaydiganlariумид қилмайдиганлариنِكَاحًۭاnikohniникоҳниفَلَيْسَbas, yoʻqdirбас, йўқдирعَلَيْهِنَّulargaуларгаجُنَاحٌgunohгуноҳأَنshukiшукиيَضَعْنَqoʻyishlaridaқўйишларидаثِيَابَهُنَّkiyimlariniкийимлариниغَيْرَ-magan holda-маган ҳолдаمُتَبَرِّجَـٰتٍۭkoʻz-koʻz qiluvchiкўз-кўз қилувчиبِزِينَةٍۢ ۖziynatlariniзийнатлариниوَأَنva shukiва шукиيَسْتَعْفِفْنَiffat talabida boʻlsalarиффат талабида бўлсаларخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّهُنَّ ۗoʻzlari uchunўзлари учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳسَمِيعٌoʻta eshitguvchiўта эшитгувчиعَلِيمٌۭoʻta bilguvchi zotdirўта билгувчи зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi «kiyimlari»dan murod ustdan kiyiladigan ridodir.

Ayol kishi oʻta qarib, nikohdan umuman umidsiz boʻlib qolganda oʻta oʻranib-chiranib yurmasligiga ruxsat bor. Lekin, shunday boʻlsa ham, iffatlarini saqlaganlari oʻzlari uchun yaxshidir. Ammo voqelikda qari ayollarning oʻranib-chirmanib, yoshlarning esa, ochilibsochilib yurgani koʻriladi. Bu ham, shariatga boʻyinsunmaslikning bir koʻrinishidir.

Keyingi oyatda qarindosh-urugʻlar va doʻst-birodarlar orasidagi aloqalarni tartibga solish masalasi davom etadi.