تَبَارَكَ ٱلَّذِىٓ إِن شَآءَ جَعَلَ لَكَ خَيْرًا مِّن ذَٰلِكَ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ وَيَجْعَل لَّكَ قُصُورًۢا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar xohlasa, senga o`shandan yaxshirog`ini — ostidan anhorlar oqib turadigan bog`larni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulug` bo`ldi.Агар хоҳласа, сенга ўшандан яхшироғини — остидан анҳорлар оқиб турадиган боғларни ва қасрларни қилиб берадиган Зот баракотли ва улуғ бўлди.Alauddin Mansour: Agar xohlasa, siz uchun (shu dunyodayoq) oʻshandan (yaʼni, ular aytgan bogʻu-xazinadan) yaxshiroq narsani — ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarni qilib bera oladigan va siz uchun qasr-saroylarni qilib bera oladigan zot — Alloh Barakotli — Buyukdir.Агар хоҳласа, сиз учун (шу дунёдаёқ) ўшандан (яъни, улар айтган боғу-хазинадан) яхшироқ нарсани — остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларни қилиб бера оладиган ва сиз учун қаср-саройларни қилиб бера оладиган зот — Аллоҳ Баракотли — Буюкдир.
Alloh xohlasa, bu narsalarni istagan lahzada Paygʻambariga ato etishi hech gap emas. Lekin maqsad bogʻu rogʻ va qasrlar emas. Maqsad hamma narsaning xoliqi Alloh taoloning roziligiga erishishdir.
Mushriklar faqat Qurʼoni Karim va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam haqlarida turli uydirma va boʻhtonlarni tarqatish bilan kifoyalanib qolmasdan qiyomat kuni haqida ham har xil boʻhtonlarni aytishgan.