QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят11

بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلسَّاعَةِ ۖ وَأَعْتَدْنَا لِمَن كَذَّبَ بِٱلسَّاعَةِ سَعِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Ular soatni (qiyomatni) ham yolg`onga chiqardilar. Va Biz soatni (qiyomatni) yolg`onga chiqarganlarga do`zaxni tayyorlab qo`ydik.Йўқ! Улар соатни (қиёматни) ҳам ёлғонга чиқардилар. Ва Биз соатни (қиёматни) ёлғонга чиқарганларга дўзахни тайёрлаб қўйдик.Alauddin Mansour: Yoʻq, ular (Qurʼon oyatlariga boqmaydilar, chunki ular Qiyomat) soatini yolgʻon deganlar. Biz esa u soatni yolgʻon degan kimsalar uchun doʻzax oʻtini tayyorlab qoʻygandirmiz.Йўқ, улар (Қуръон оятларига боқмайдилар, чунки улар Қиёмат) соатини ёлғон деганлар. Биз эса у соатни ёлғон деган кимсалар учун дўзах ўтини тайёрлаб қўйгандирмиз.

360-sahifa · 18-juz · 36-hizb360-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلْyoʻq!йўқ!كَذَّبُوا۟ular yolgʻonga chiqardilarулар ёлғонга чиқардиларبِٱلسَّاعَةِ ۖsoat(qiyomat)niсоат(қиёмат)ниوَأَعْتَدْنَاva Biz tayyorlab qoʻydikва Биз тайёрлаб қўйдикلِمَنkimlargakiкимларгакиكَذَّبَyolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِٱلسَّاعَةِsoat(qiyomat)niсоат(қиёмат)ниسَعِيرًاdoʻzaxniдўзахни
TafsirТафсир

Kofir-mushriklar zalolatlarida shu darajaga yetdilarki, hatto «Ular soatni (qiyomatni) ham yolgʻonga chiqardilar». Qiyomat boʻlmaydi, dedilar. Qiyomat boʻladi, deyayotganlarning gapi yolgʻon, dedilar. Holbuki, «Biz soatni (qiyomatni) yolgʻonga chiqarganlarga doʻzaxni tayyorlab qoʻydik». Doʻzax ularni kutib turibdi. Ushbu mushriklar toʻppa-toʻgʻri oʻsha tayyor doʻzaxga ravona boʻladilar.