QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят12

إِذَا رَأَتْهُم مِّن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍ سَمِعُوا۟ لَهَا تَغَيُّظًا وَزَفِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vaqtiki u ularni uzoq joydan ko`rganida, uning g`azabnok qaynashini va bo`kirishini eshiturlar.Вақтики у уларни узоқ жойдан кўрганида, унинг ғазабнок қайнашини ва бўкиришини эшитурлар.Alauddin Mansour: (Doʻzax) ularni uzoq joydan koʻrgan vaqtidayoq uning xayqiriq va boʻkirigini eshiturlar.(Дўзах) уларни узоқ жойдан кўрган вақтидаёқ унинг хайқириқ ва бўкиригини эшитурлар.

361-sahifa · 18-juz · 36-hizb361-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذَاvaqtikiвақтикиرَأَتْهُمu ularni koʻrganidaу уларни кўрганидаمِّن-dan-данمَّكَانٍۭjoydanжойданبَعِيدٍۢuzoqузоқسَمِعُوا۟eshiturlarэшитурларلَهَاuningунингتَغَيُّظًۭاgʻazabnok qaynashiniғазабнок қайнашиниوَزَفِيرًۭاva boʻkirishiniва бўкиришини
TafsirТафсир

Qiyomat soatini yolgʻonga chiqarganlarga Alloh taolo tomonidan tayyorlab qoʻyilgan doʻzax shu darajada dahshatliki, u kofirlarni uzoqdan koʻrishi bilan gʻazabi toʻlib-toshib, qaynab boʻkira boshlaydi. Mazkur kofirlar esa, oʻsha uzoq masofadan turib, uning gʻazabnok qaynashini va boʻkirishini eshitadilar. Ana oʻshanda ularning holiga voy boʻladi. Jahannamdan uzoqdagi hollari shu.

Endi jahannamga tashlanganlaridan keyin qanday holda boʻlishlari vasf qilinadi: