QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят13

وَإِذَآ أُلْقُوا۟ مِنْهَا مَكَانًا ضَيِّقًا مُّقَرَّنِينَ دَعَوْا۟ هُنَالِكَ ثُبُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlanganlarida esa, o`sha joyda (o`zlariga) halokat tilarlar.Унинг тор жойига кишанланган ҳолларида ташланганларида эса, ўша жойда (ўзларига) ҳалокат тиларлар.Alauddin Mansour: Qachon ular kishanlangan hollarida (doʻzaxdan) tor bir joyga tashlanganlarida oʻsha joyda (oʻzlariga) oʻlim tilab qolurlar.Қачон улар кишанланган ҳолларида (дўзахдан) тор бир жойга ташланганларида ўша жойда (ўзларига) ўлим тилаб қолурлар.

361-sahifa · 18-juz · 36-hizb361-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَآva vaqtikiва вақтикиأُلْقُوا۟tashlanganlaridaташланганларидаمِنْهَاuningунингمَكَانًۭاjoyigaжойигаضَيِّقًۭاtorторمُّقَرَّنِينَkishanlangan hollaridaкишанланган ҳолларидаدَعَوْا۟tilarlarтиларларهُنَالِكَoʻsha joydaўша жойдаثُبُورًۭاhalokatҳалокат
TafsirТафсир

Jahannamning nomini eshitishning oʻzi azob, unga tushish haqidagi xabarni eshitish undan ham azob, unga tomon ketayotib, uning gʻazabnok qaynashini va boʻkirishini eshitish battar azob, unga tashlanish eng katta azob. Ammo uning tor joyiga tashlanish esa, jahannam ichidagi azoblarning eng dahshatlisi hisoblanadi. U chogʻdagi azob shu darajaga yetadiki, kofirlar:

«...oʻsha joyda (oʻzlariga) halokat tilarlar».

Yaʼni, dod-voy qilib, ey, halokat, ey, yoʻq boʻlish, kel, meni ol, meni bu holdan qutqar, deb baqiradilar. Lekin bu nolalari ularga foyda berarmikan? Yoʻq, albatta. Ana shunday holatda dod-voy qilib turganlarida, ularga qarata quyidagi xitob qilinadi: