QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят15

قُلْ أَذَٰلِكَ خَيْرٌ أَمْ جَنَّةُ ٱلْخُلْدِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۚ كَانَتْ لَهُمْ جَزَآءً وَمَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qo`yilgan mangulik jannati yaxshimi?» U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.«Бу яхшими ёки тақводорларга тайёрлаб қўйилган мангулик жаннати яхшими?» У (жаннат) улар учун мукофот ва қайтиш жойидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «Shu (doʻzax) yaxshiroqmi yoki taqvodor zotlarga vaʼda qilingan mangu jannatmi?!» U (yaʼni, jannat taqvodorlar) uchun mukofot va oqibat — borar joy boʻldi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «Шу (дўзах) яхшироқми ёки тақводор зотларга ваъда қилинган мангу жаннатми?!» У (яъни, жаннат тақводорлар) учун мукофот ва оқибат — борар жой бўлди.

361-sahifa · 18-juz · 36-hizb361-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeginдегинأَذَٰلِكَbu(mi)бу(ми)خَيْرٌyaxshimiяхшимиأَمْyokiёкиجَنَّةُjannatiжаннатиٱلْخُلْدِmangulikмангуликٱلَّتِىu(ki)у(ки)وُعِدَvaʼda qilinganваъда қилинганٱلْمُتَّقُونَ ۚtaqvodorlargaтақводорларгаكَانَتْboʻlurбўлурلَهُمْular uchunулар учунجَزَآءًۭmukofotмукофотوَمَصِيرًۭاva qaytish joyiва қайтиш жойи
TafsirТафсир

Qani, solishtirib koʻrilsin-chi?! Yuqoridagi oyatlarda vasf qilingan doʻzax va undagi dahshatli azoblar yaxshimi yoki mangulik jannati yaxshimi? Nozu neʼmatlarga toʻla jannatlarda abadiy qolish yaxshimi?

Mushrik va kofiru osiylarga dahshatli azoblarga toʻla doʻzaxni tayyorlab qoʻygan Alloh moʻmin-musulmon va taqvodor bandalariga mangulik jannatini ham tayyorlab qoʻygan.

«U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.»

Jannat ularning iymonlari, yaxshi amallari va taqvolari uchun mukofotdir, jannat ularning oxir-oqibat qaror topadigan qaytish joyidir.

Taqvodor moʻmin bandalar jannatda rohat-farogʻat ila abadiy hayot kechiradilar.