QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят16

لَّهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ خَـٰلِدِينَ ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ وَعْدًا مَّسْـُٔولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu, Robbing zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir.Уларга у ерда хоҳлаган нарсалари бор, абадий ҳолда қолурлар. Бу, Роббинг зиммасидаги масъулиятли ваъдадир.Alauddin Mansour: Ular uchun oʻsha joyda mangu qolguvchi boʻlgan hollarida barcha xohlagan narsalari muhayyo boʻlur. Bu Parvardigoringiz zimmasidagi soʻralguvchi vaʼda boʻldi.Улар учун ўша жойда мангу қолгувчи бўлган ҳолларида барча хоҳлаган нарсалари муҳайё бўлур. Бу Парвардигорингиз зиммасидаги сўралгувчи ваъда бўлди.

361-sahifa · 18-juz · 36-hizb361-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّهُمْulargaуларгаفِيهَاu yerdaу ердаمَاnarsalariнарсалариيَشَآءُونَxohlaganхоҳлаганخَـٰلِدِينَ ۚabadiy holda qolurlarабадий ҳолда қолурларكَانَboʻldiбўлдиعَلَىٰzimmasidagiзиммасидагиرَبِّكَRobbingРоббингوَعْدًۭاvaʼdaваъдаمَّسْـُٔولًۭاmasʼuliyatliмасъулиятли
TafsirТафсир

Jannatda taqvodor moʻminlarga istagan narsalari bor. Jannatda nimalar borligini sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Shuning uchun, osongina, istagan narsalari bor, deb qoʻyildi. Zotan, inson uchun baxt-saodatga yetishishning toʻligʻi istagan narsasiga erishishdir. Inson oʻshanday baxtga faqat jannatda erishadi. Erishganda ham, maʼlum muddatga emas, mangulikka erishadi. Chunki, vaqtinchalik baxt-saodat toʻliq sanalmaydi. Bu gaplar shunchaki emas.

«Bu, Robbing zimmasidagi masʼuliyatli vaʼdadir.»

Robbing esa, vaʼdasiga hech xilof etguvchi zot emas. Masʼuliyatli vaʼdaga xilof qilmasligi esa, turgan gap. Shunday ekan, jannatga olib boruvchi iymon va taqvo yoʻlida hech ikkilanmay yuraverish kerak.

Endigi keladigan oyatlarda mushrik va kofirlar yolgʻonga chiqargan qiyomat kuni boʻlib oʻtadigan hodisalardan oʻsha mushriklarga tegishli baʼzi koʻrinishlar keltiriladi: