وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَقُولُ ءَأَنتُمْ أَضْلَلْتُمْ عِبَادِى هَـٰٓؤُلَآءِ أَمْ هُمْ ضَلُّوا۟ ٱلسَّبِيلَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(mushrik)larni va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalarini to`plagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular o`zlari yo`ldan ozdilarmi?!» deydir.У(мушрик)ларни ва Аллоҳдан ўзга ибодат қилган нарсаларини тўплаган кунда, У зот: «Анави бандаларимни сизлар адаштирдингизми ёки улар ўзлари йўлдан оздиларми?!» дейдир.Alauddin Mansour: (Alloh) ularni (yaʼni, mushriklarni) ham, ular Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlarini ham toʻplab (u butlarga): «Mening anavi bandalarimni sizlar yoʻldan ozdirdingizlarmi yoki ularning oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?», deydigan Kunda;(Аллоҳ) уларни (яъни, мушрикларни) ҳам, улар Аллоҳни қўйиб ибодат қилаётган бутларини ҳам тўплаб (у бутларга): «Менинг анави бандаларимни сизлар йўлдан оздирдингизларми ёки уларнинг ўзлари йўлдан оздиларми?», дейдиган Кунда;
Mushriklar yolgʻonga chiqarsalar ham, istamasalar ham, qiyomat soati kelishi aniq. Boshqalar qatori u kunda mushriklar ham qayta tirilishi turgan gap. Alloh taolo qiyomat kunida nafaqat mushriklarni, balki ular Allohga sherik qilgan soxta xudolarini ham bir joyga toʻplaydi. Ana oʻshanda mushriklarning «xudo»laridan–butsanamlar, tabiatdagi narsalar, hayvonlar, farishtalar, jin va odamlardan Alloh taolo:
«Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?!» deb soʻraydi.
Qanday ham xijolatli holat. Mushriklar yolgʻonga chiqargan qiyomat haq boʻlib chiqdi. Mana, qiyomat qoʻpib, ular afsus-nadomat ila toʻplanib turibdilar. Nafaqat oʻzlari, balki ular najotkorimiz deb eʼtiqod qilgan «xudo»lari ham Robbul olamiyn huzurida toʻplanib, aybdorlik ila boʻyin egib turishibdi. Alloh taolo ularni soʻroqqa tutmoqda. Qani endi javob bersinlar. Bu dunyoda mushrik boʻlib, Allohdan oʻzga narsalarga ibodat etib, oʻshalarning «aytgani»ni qilib, oʻshalarning «roziligi»ni tilab oʻtgan manavi bandalarning mushrik boʻlishlari sababi nima? Ularni oʻsha «xudo»lari adashtirdimi? Oʻki oʻzlari yoʻldan ogʻdilarmi?
Alloh taoloning bu savoliga soxta xudolar bir ovozdan quyidagi javobni beradilar: