QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят18

قَالُوا۟ سُبْحَـٰنَكَ مَا كَانَ يَنۢبَغِى لَنَآ أَن نَّتَّخِذَ مِن دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَآءَ وَلَـٰكِن مَّتَّعْتَهُمْ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُوا۟ ٱلذِّكْرَ وَكَانُوا۟ قَوْمًۢا بُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «O`zing poksan! Sendan o`zgani do`st tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bo`lib qoldilar», derlar.Улар: «Ўзинг поксан! Сендан ўзгани дўст тутмоқ биз учун ярашмас. Лекин Сен уларни ва ота-боболарини (шунчалик) ҳузурлантирдингки, ҳатто улар зикрингни унутдилар ва ҳалокат қавми бўлиб қолдилар», дерлар.Alauddin Mansour: Ular derlar: «Ey pok Parvardigor, bizlar uchun Sendan oʻzga biron doʻst tutish joiz boʻlgan emasdir (bas, qanday qilib oʻzgalarni bizga bandalik qilib sigʻinishga majburlab yoʻldan ozdiraylik)?! Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (uzoq umr va moʻl-koʻl rizqu roʻz bilan shunday) foydalantirdingki, hatto ular (Sening Oʻzingni) eslashni ham unutdilar va halok boʻlguvchi qavm boʻlib qoldilar».Улар дерлар: «Эй пок Парвардигор, бизлар учун Сендан ўзга бирон дўст тутиш жоиз бўлган эмасдир (бас, қандай қилиб ўзгаларни бизга бандалик қилиб сиғинишга мажбурлаб йўлдан оздирайлик)?! Лекин Сен уларни ва ота-боболарини (узоқ умр ва мўл-кўл ризқу рўз билан шундай) фойдалантирдингки, ҳатто улар (Сенинг Ўзингни) эслашни ҳам унутдилар ва ҳалок бўлгувчи қавм бўлиб қолдилар».

361-sahifa · 18-juz · 36-hizb361-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟derlarдерларسُبْحَـٰنَكَey pok Parvardigorэй пок Парвардигорمَاemasэмасكَانَediэдиيَنۢبَغِىyarashmoqярашмоқلَنَآbiz uchunбиз учунأَن-ki-киنَّتَّخِذَtutmogʻimizтутмоғимизمِن-dan-данدُونِكَSendan oʻzgaСендан ўзгаمِنْhechҳечأَوْلِيَآءَdoʻstlarдўстларوَلَـٰكِنlekinлекинمَّتَّعْتَهُمْSen ularni huzurlantirdingСен уларни ҳузурлантирдингوَءَابَآءَهُمْva ota-bobolariniва ота-боболариниحَتَّىٰhattoҳаттоنَسُوا۟unutdilarунутдиларٱلذِّكْرَzikringniзикрингниوَكَانُوا۟va boʻlib qoldilarва бўлиб қолдиларقَوْمًۢاqavmiқавмиبُورًۭاhalokatҳалокат
TafsirТафсир

Mushriklar bu dunyoda ishonib yashagan va ularga ibodat qilgan «xudo»lari ularga qarshi gapira boshladilar. «Xudo»lari ularning soʻnggi umidlarini ham puchga chiqardilar. Chunki, mushriklar bu dunyoda: «Hech boʻlmasa but-sanamlarimiz u dunyoda katta xudoning oldida bizga shafoatchilik qilishar», deb yurar edilar. Endi esa, «xudo»lari ularga shafoatchilik emas, qoralovchilik vazifasini oʻtamoqdalar.

Ular Alloh taologa murojaat qilib:

«Ey pok Parvardigor...» Ey, mushriklarning shirkidan pok boʻlgan Parvardigor! Ey, sherigi boʻlishdek nuqsondan pok boʻlgan Parvardigor, deb gap boshlamoqdalar.

«...Sendan oʻzgani doʻst tutmoq biz uchun yarashmas.»

Bizning birovga xudo boʻlishimiz u yoqda tursin, seni qoʻyib boshqani oʻzimizga doʻst qilib olishimiz–xudo qilib olishimiz ham mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan ish. Anavi bandalaringni biz adashtirganimiz yoʻq.

«Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi boʻlib qoldilar.»

Roziqlik sifating ila oʻsha mushriklarga va ularning ota-bobolariga turli neʼmatlarni ketma-ket berib, huzur-halovat baxsh etding. Ular uzoq muddatli bu huzur-halovatdan soʻng toʻqlikka shoʻxlik qildilar. Oxir-oqibatda shu darajaga yetdilarki, hatto sening oʻzingni ham unutdilar. Oʻzlariga boshqa xudolar tutdilar. Va, nihoyat, halokat qavmi boʻldilar.

Soxta xudolarning bu guvohliklaridan keyin Alloh taolo jinoyatchi mushriklarga qarata quyidagi xitobni qiladi: