فَقَدْ كَذَّبُوكُم بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسْتَطِيعُونَ صَرْفًا وَلَا نَصْرًا ۚ وَمَن يَظْلِم مِّنكُمْ نُذِقْهُ عَذَابًا كَبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolg`onchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir bo`lmassiz. Sizdan kim zulm qilgan bo`lsa, unga azobni torttiramiz.Батаҳқиқ, улар сизларни айтаётган нарсангизда ёлғончига чиқардилар. Энди (азобни) буришга ҳам, ёрдам олишга ҳам қодир бўлмассиз. Сиздан ким зулм қилган бўлса, унга азобни торттирамиз.Alauddin Mansour: (Ey mushriklar) mana, ular («xudo»lar deb sigʻingan butlar) sizlarni aytayotgan soʻzlaringizda aniq yolgʻonchi qildilar. Endi (azobdan) qutulishga ham, (oʻzlaringga) biron yordam qilishga ham qodir emassizlar. Sizlardan kim zolim — mushrik boʻlsa, Biz unga katta azobni totdirurmiz.(Эй мушриклар) мана, улар («худо»лар деб сиғинган бутлар) сизларни айтаётган сўзларингизда аниқ ёлғончи қилдилар. Энди (азобдан) қутулишга ҳам, (ўзларингга) бирон ёрдам қилишга ҳам қодир эмассизлар. Сизлардан ким золим — мушрик бўлса, Биз унга катта азобни тотдирурмиз.
Yaʼni, ey, mushriklar, «xudo»laringiz sizni yolgʻonchiga chiqardilar. Ular siz aytganingizdek xudo emas ekanlar. Endi sizga qilmishingizga yarasha azob beriladi.
«Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir boʻlmassiz.»
Oʻzingizga keladigan azobni boshqa tomonga burib yubora olmaysiz. Boshqa tomondan oʻzingizga yordam olishga ham ilojingiz yoʻq.
«Sizdan kim zulm qilgan boʻlsa, unga azobni torttiramiz.»
Zotan, shirk eng katta zulmdir. Shuning uchun ham, Allohga shirk keltirgan kimsa eng katta azobga sazovordir.
Ushbu narsalar bayon etib boʻlingandan keyin Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, u zotga tasalli beriladi: