QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят20

وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّآ إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِى ٱلْأَسْوَاقِ ۗ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ ۗ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Ba'zilaringizni ba'zilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing ko`rguvchi bo`lgan Zotdir.Биз сендан олдин юборган Пайғамбарларимиз ҳам, албатта, таом ер ва бозорларда юрар эдилар. Баъзиларингизни баъзиларингизга синов қилдик. Сабр қиласизлармикин?! Роббинг кўргувчи бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan ilgari yuborgan barcha paygʻambarlar ham, shak-shubhasiz, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning baʼzilaringizni baʼzilaringiz uchun fitna-sinov qilib qoʻydik (yaʼni, sizning oddiy odamlar kabi faqirona kun kechirishingiz boshqalar uchun bir sinovdir. Chunki agar Biz sizni boy-badavlat qilib qoʻyganimizda, ular sizga mol-dunyongiz uchun itoat qilgan boʻlur edilar). Sizlar (Bizning bu sinovimizga) sabr qila olurmisizlar? Parvardigoringiz koʻrib turguvchi boʻlgan Zotdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз сиздан илгари юборган барча пайғамбарлар ҳам, шак-шубҳасиз, таом ер ва бозорларда юрар эдилар. Биз сизларнинг баъзиларингизни баъзиларингиз учун фитна-синов қилиб қўйдик (яъни, сизнинг оддий одамлар каби фақирона кун кечиришингиз бошқалар учун бир синовдир. Чунки агар Биз сизни бой-бадавлат қилиб қўйганимизда, улар сизга мол-дунёнгиз учун итоат қилган бўлур эдилар). Сизлар (Бизнинг бу синовимизга) сабр қила олурмисизлар? Парвардигорингиз кўриб тургувчи бўлган Зотдир.

361-sahifa · 18-juz · 36-hizb361-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva emasва эмасأَرْسَلْنَاyubordikюбордикقَبْلَكَsendan oldinсендан олдинمِنَ-dan-данٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarПайғамбарларإِلَّآmagarмагарإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَيَأْكُلُونَyer edilarер эдиларٱلطَّعَامَtaomтаомوَيَمْشُونَva yurar edilarва юрар эдиларفِى-da-даٱلْأَسْوَاقِ ۗbozorlardaбозорлардаوَجَعَلْنَاva Biz qildikва Биз қилдикبَعْضَكُمْbaʼzilaringizniбаъзиларингизниلِبَعْضٍۢbaʼzilaringizgaбаъзиларингизгаفِتْنَةًsinovсиновأَتَصْبِرُونَ ۗsabr qilasizlarmikin?сабр қиласизлармикин?وَكَانَva boʻlganва бўлганرَبُّكَRobbingРоббингبَصِيرًۭاkoʻrguvchiкўргувчи
TafsirТафсир

Ey, habibim Muhammad, sen mushriklarning qilayotgan boʻhtonlaridan xafa boʻlma. Ularning gaplari eʼtiborsiz. Jumladan, «Bu qanday Paygʻambarki, taom yer va bozorlarda yurar», degan gaplari ham behuda.

«Biz sendan oldin yuborgan Paygʻambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar.»

Senga oʻxshagan taom yeb, bozorlarda yuradigan oddiy basharni Paygʻambar qilishimiz yangilik yoki ajablanadigan ish emas. Qadimdan joriy qilingan ish. Bu ishga qarshi chiqqanlar senga emas, Allohning joriy odatiga qarshi chiqqan boʻladilar. Biz shunday qilib:

«Baʼzilaringizni baʼzilaringizga sinov qildik».

Oddiy bashardan Paygʻambar yuborib odamlarni sinovga uchratdik, baʼzilari sinovdan oʻta olmay, oddiy bashar ham Paygʻambar boʻladimi, deb yoʻldan adashdi. Ularning bu tasarruflari esa, iymonlilar uchun sinov boʻldi. Qani,

«Sabr qilasizlarmikin?!»

Mushriklarning inkoriga chidab, ilohiy daʼvat oddiy bashar vositasi ila tarqalishiga sabr qila olarmikansizlar?

«Robbing koʻrguvchi boʻlgan zotdir.»

Robbing har bir narsaning zohirinigina emas, haqiqatini ham koʻruvchi boʻlgan zotdir. Shuning uchun, Oʻzi bilib hikmat ila tasarruf qiladi. Bandalarning ishi Allohning tasarrufini muhokama qilish emas, balki amrlarini bajo keltirishdir.

Kelgusi oyatda kofirlarning yana bir boshqa eʼtirozlari va uning javobi haqida soʻz ketadi: