۞ وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ أَوْ نَرَىٰ رَبَّنَا ۗ لَقَدِ ٱسْتَكْبَرُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِمْ وَعَتَوْ عُتُوًّا كَبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizga uchrashdan umidsiz bo`lganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni ko`rsak edi, derlar. Batahqiq, ular o`zlaridan ketdilar va katta tug`yon-la tug`yon qildilar.Бизга учрашдан умидсиз бўлганлар, бизга фаришталар туширилса, ёки, Роббимизни кўрсак эди, дерлар. Батаҳқиқ, улар ўзларидан кетдилар ва катта туғён-ла туғён қилдилар.Alauddin Mansour: Bizga roʻbaroʻ boʻlishni umid qilmaydigan kimsalar: «Bizlarga (paygʻambarlik uchun odam emas, balki) farishtalar tushirilsa edi yoki bizlar Parvardigorimizni (oʻz koʻzimiz bilan) koʻrsak (va U bizlarga Muhammadning haqiqiy paygʻambar ekanligini bildirsa) edi», dedilar. Darhaqiqat, ular oʻzlariga bino qoʻydilar va juda katta ketdilar.Бизга рўбарў бўлишни умид қилмайдиган кимсалар: «Бизларга (пайғамбарлик учун одам эмас, балки) фаришталар туширилса эди ёки бизлар Парвардигоримизни (ўз кўзимиз билан) кўрсак (ва У бизларга Муҳаммаднинг ҳақиқий пайғамбар эканлигини билдирса) эди», дедилар. Дарҳақиқат, улар ўзларига бино қўйдилар ва жуда катта кетдилар.
Qiyomat qoʻpib, unda Allohga roʻbaroʻ kelishga ishonmaganlar:
«...bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni koʻrsak edi, derlar».
Yaʼni, bizga oʻzimizga oʻxshagan odamdan Paygʻambar yuborilmasayu, Paygʻambarlik vazifasini oʻtash uchun osmondan farishta tushirilsa, deydilar. Bu bilan ular, oʻzlaricha, Alloh taoloning ishlariga aralashmoqdalar. Oʻzlaricha, Paygʻambar tanlashning «afzal» yoʻlini taklif qilmoqdalar. Bu takliflari oʻtaketgan ahmoqona boʻlishi bilan birga, katta tugʻyon hamdir. Ayniqsa:
«yoki Robbimizni koʻrsak», deyishlari hech chidab boʻlmaydigan hol.
Ular surbetlarcha yoʻl tutib, oʻz kufrlarini oqlamoqdalar. Agar bizga oddiy bashardan Paygʻambar kelmay, osmondan farishta tushganida yoki Allohni koʻzimiz bilan koʻrganimizda, iymon keltirishimiz mumkin edi, demoqchilar.
Ey, hech narsaga arzimaydigan, harom suvdan paydo boʻlgan pastkash! Sen kim boʻlibsanki, Allohning qilgan ishini muhokama qilasan! Sen kim boʻlibsanki, Buyuk Allohning Oʻzini koʻrmoqchi boʻlasan. Sening iflos koʻzing uni koʻra olarmidi?! Sen unday Zotni koʻrish qudratiga ega emassan! Yoki koʻrishga sazovorman deb oʻylaysanmi?!
«Batahqiq, ular oʻzlaridan ketdilar va katta tugʻyon-la tugʻyon qildilar.»
Zotan, oʻzlaridan ketmasalar, shu gaplarni aytarmidilar?! Katta tugʻyon-la tugʻyonga ketmasalar, Allohning Oʻzini koʻraylik, dermidilar?! Yoki, bizga farishtalar tushsin, dermidilar. Shoshilmay tursinlar, bir kuni farishtalarni koʻradilar ham!