يَوْمَ يَرَوْنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ لَا بُشْرَىٰ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُجْرِمِينَ وَيَقُولُونَ حِجْرًا مَّحْجُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular farishtalarni ko`radigan kunda, ha, o`sha kunda jinoyatchilarga xushxabar bo`lmas. Va (farishtalar): «Harom, harom», derlar.Улар фаришталарни кўрадиган кунда, ҳа, ўша кунда жиноятчиларга хушхабар бўлмас. Ва (фаришталар): «Ҳаром, ҳаром», дерлар.Alauddin Mansour: Ular farishtalarni koʻradigan kunni (yaʼni, Qiyomat Kunini eslang). U kunda jinoyatchi kimsalar uchun biron xushxabar boʻlmas. Va (farishtalar ularga) derlar: «(Har qanday xushxabar sizlar uchun) butunlay haromdir».Улар фаришталарни кўрадиган кунни (яъни, Қиёмат Кунини эсланг). У кунда жиноятчи кимсалар учун бирон хушхабар бўлмас. Ва (фаришталар уларга) дерлар: «(Ҳар қандай хушхабар сизлар учун) бутунлай ҳаромдир».
Ha, kofirlar farishtalarni qiyomat kunida koʻradilar. Ularga oʻxshagan jinoyatchilarga u kunda hech bir xushxabar boʻlmas. Bu dunyoda koʻrishni xohlagan-u, koʻrilmagan, ammo qiyomat kuni koʻzlariga koʻrinib turgan farishtalar ularga:
«Harom, harom», deydilar.
Yaʼni, ey, kofir-mushriklar, sizlarga xushxabar harom, jannat harom, magʻfirat harom, mehr-shafqat harom, osoyishtalik harom... deydilar.