QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят23

وَقَدِمْنَآ إِلَىٰ مَا عَمِلُوا۟ مِنْ عَمَلٍ فَجَعَلْنَـٰهُ هَبَآءً مَّنثُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qilgan amaliga kelib, ularni to`zon kabi sochib yuboramiz.Ва қилган амалига келиб, уларни тўзон каби сочиб юборамиз.Alauddin Mansour: (Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan toʻzon (kabi) qilib qoʻygandirmiz.(Зотан) Биз улар қилган ҳар бир (яхши) амалга келиб, уни сочилган тўзон (каби) қилиб қўйгандирмиз.

362-sahifa · 19-juz · 37-hizb362-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَدِمْنَآva Biz kelurmizва Биз келурмизإِلَىٰ-ga-гаمَاnarsagaнарсагаعَمِلُوا۟ular qilganулар қилганمِنْ-dan-данعَمَلٍۢamalамалفَجَعَلْنَـٰهُva uni qilurmizва уни қилурмизهَبَآءًۭtoʻzonтўзонمَّنثُورًاsochib yuborilganсочиб юборилган
TafsirТафсир

Kofirlarning bu dunyoda qilgan baʼzi bir yaxshi amallaridan umidlari boʻlishi mumkin. Ammo iymon boʻlmaganidan keyin, u ishlar hech foyda bera olmaydi. Qiyomat kuni Alloh taolo u amallarni ham toʻzon kabi sochib yuboradi.

Kofirlar ana shunday tahlikali bir holda turganlarida moʻminlarning ahvoli umuman boshqacha boʻladi: