QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят2

ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌ فِى ٱلْمُلْكِ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍ فَقَدَّرَهُۥ تَقْدِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmonlaru yerning mulki Unga xos bo`lgan, O`ziga farzand tutmagan, mulkida sherigi bo`lmagan, har bir narsani o`lchov ila o`lchab yaratgan Zotdir.У, осмонлару ернинг мулки Унга хос бўлган, Ўзига фарзанд тутмаган, мулкида шериги бўлмаган, ҳар бир нарсани ўлчов ила ўлчаб яратган Зотдир.Alauddin Mansour: U — osmonlar va Yerning podshohligi Oʻziniki boʻlgan, bola-chaqa qilmagan, podshohlikda biron sherigi boʻlmagan va barcha narsani yaratib (aniq) oʻlchov bilan oʻlchab qoʻygan Zotdir.У — осмонлар ва Ернинг подшоҳлиги Ўзиники бўлган, бола-чақа қилмаган, подшоҳликда бирон шериги бўлмаган ва барча нарсани яратиб (аниқ) ўлчов билан ўлчаб қўйган Зотдир.

359-sahifa · 18-juz · 36-hizb359-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىU ZotkiУ ЗоткиلَهُۥUnga xosdirУнга хосдирمُلْكُmulkiмулкиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَلَمْva emasва эмасيَتَّخِذْtutganтутганوَلَدًۭاfarzandфарзандوَلَمْva emasва эмасيَكُنboʻlganбўлганلَّهُۥUngaУнгаشَرِيكٌۭsherigiшеригиفِى-da-даٱلْمُلْكِmulkidaмулкидаوَخَلَقَva yaratdiва яратдиكُلَّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsaniнарсаниفَقَدَّرَهُۥva uni oʻlchab qoʻydiва уни ўлчаб қўйдиتَقْدِيرًۭاoʻlchov ilaўлчов ила
TafsirТафсир

Bu oyatda Alloh taolo toʻrt buyuk sifat bilan sifatlanmoqda:

Birinchisi:

«Osmonlaru yerning mulki Unga xos boʻlgan...»

Yaʼni, osmonlaru yer va ulardagi barcha narsalar Allohning xos mulkidir. Ularda Uning yagona Oʻzigina tasarruf etadi. Ularda nimani xohlasa, shuni qiladi.

Ikkinchisi:

«Oʻziga farzand tutmagan...»

Bu ham barkamollik, ehtiyojsizlik sifati. Chunki, farzandga muhtojlik, uning yordamidan yoki nomini oʻchirmay qolishidan umidvor boʻlish ojiz bandalarga xos. Alloh taolo esa, Oʻz zoti ila boqiydir. U hech narsaga hojati yoʻq zotdir.

Uchinchisi:

«Mulkida sherigi boʻlmagan...»

Tanho Oʻzi barcha narsaning molikidir. Har bir narsada Oʻzi tanho. Jumladan, molik boʻlishda ham. Hech bir narsada Unga hech kim sherik boʻla olmaydi.

Toʻrtinchisi:

«Har bir narsani oʻlchov ila oʻlchab yaratgan Zotdir».

Yaʼni, narsalarni shunday yaratibgina qoʻymay, aniq oʻlchov bilan oʻlchab, shaklini, hajmini, zamoni va makoni, boshqa narsalar bilan boʻladigan munosabat va aloqalarini ham ochiq-oydin, aniq qilib yaratgan.

Xuddi shu oxirgi sifat haqida turli ilmiy kashfiyotlardan keyin fikr-mulohazalar, maʼlumotlar koʻpaydi. Avvallari bu oyatni oʻqigan yoki eshitgan odam, Alloh hamma narsani oʻlchov bilan yaratgan ekan, degan sodda tushuncha bilan kifoyalanib qolgan. Hozirda esa, oʻsha aniq oʻlchov ila yaratish nima va qanday ekanligi xususida aniq ilmiy maʼlumotlar paydo boʻldi. Mazkur maʼlumotlar turli yoʻllar bilan odamlarga yetkazilmoqda. Ammo koʻpchilik dunyodagi narsalarning yaratilishidagi bu moʻʼjizaviy daqiqliklarga eʼtiborsizlik bilan qaraydi. Aslida, bittasigagina ibrat koʻzi bilan qaragan zarracha aqli bor odam iymonga kelishi kerak.

Misol uchun, havoni olaylik. Ulamolarning aytishicha, havoning yigirma bir foizini kislorod tashkil qilar ekan. Nima uchun undan ortiq yoki kam emas? Kim bu aniq oʻlchov ila havoni oʻlchab yaratdi? Agar mazkur oʻlchov buzilsa, nima boʻladi? Olimlarning taʼkidlashlaricha, agar havoda kislorodning miqdori yigirma bir foizdan koʻpayib ketsa, yerdagi juda koʻp narsa kuyib ketar ekan.

Yeru osmon, togʻu tosh, ummonu qitʼalarni bir yoqqa qoʻyib, hasharot yoki mikroblar kabi eng kichik narsalarni olsak ham, ularning inson aqli lol qoladigan darajada aniq oʻlchov bilan yaratilganini koʻramiz. Bularning hammasi Allohning xoliqligi, tadbirkorligi va ulugʻligi belgisidir. Odamlar oʻsha narsalarni koʻrganlarida, ularni aniq oʻlchov ila yaratgan Zotga iymon keltirishlari, faqat Ungagina ibodat qilishlari lozim. Ammo koʻpchilik bunday qilmaydi. Shuning uchun ham: