QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят29

لَّقَدْ أَضَلَّنِى عَنِ ٱلذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَآءَنِى ۗ وَكَانَ ٱلشَّيْطَـٰنُ لِلْإِنسَـٰنِ خَذُولًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Batahqiq, menga Zikr (Qur'on) kelgandan so`ng u (do`st) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir».«Батаҳқиқ, менга Зикр (Қуръон) келгандан сўнг у (дўст) мени адаштирди. Шайтон инсонни ёрдамсиз ташлаб кетгувчидир».Alauddin Mansour: Aniqki, menga eslatma — Qurʼon kelganidan soʻng, oʻsha (falonchi) meni yoʻldan ozdirdi». (U kunda) shayton (hayoti dunyoda oʻziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qoʻyguvchidir.Аниқки, менга эслатма — Қуръон келганидан сўнг, ўша (фалончи) мени йўлдан оздирди». (У кунда) шайтон (ҳаёти дунёда ўзига эргашган барча) инсонни ёрдамсиз қўйгувчидир.

362-sahifa · 19-juz · 37-hizb362-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّقَدْbatahqiqбатаҳқиқأَضَلَّنِىmeni adashtirdiмени адаштирдиعَنِ-dan-данٱلذِّكْرِzikr (Qurʼon)зикр (Қуръон)بَعْدَsoʻngсўнгإِذْvaqtdanвақтданجَآءَنِى ۗmenga kelganменга келганوَكَانَva erurва эрурٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонلِلْإِنسَـٰنِinsonniинсонниخَذُولًۭاyordamsiz tashlab ketguvchiёрдамсиз ташлаб кетгувчи
TafsirТафсир

Kofirning «doʻsti»dan shikoyati shuki, u «doʻst» kofirni unga zikr–eslatma, yaʼni, Qurʼon kelganidan keyin uni yoʻldan adashtiribdi. Demak, «doʻsti»ga ishonib poʻstiga somon tiqiladigan boʻlibdi. Avval, Paygʻambarga ergashmay, boshqa yoʻldan ketganiga afsus qilgan edi. Endi, «doʻsti»ning gapiga kirib, Qurʼonga emas, boshqa narsaga ergashib adashganini afsus va nadomat ila eslamoqda.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan boshqaga ergashganlarning barchasining holi shu boʻladi. Qurʼon yoʻlidan boshqa yoʻlga yurgan, Qurʼondan boshqa dasturga amal qilganlarning barchasining holi shu boʻladi. Qiyomat kuni ularning hammasining bu dunyodagi «doʻst»lari yordamsiz tashlab ketadi. Chunki:

«Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir».

Kofirlarning yordamchisiz, xoru zor boʻlgan hollarida qiyomat sharmandaligini tortib turganlarini vasf qiluvchi ushbu oyatlardan keyin, yana voqelikka qaytiladi. Kofirlarning eʼtirozlari, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning shikoyatlari va u zotga tasalli berish oyatlari keladi: