وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَـٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُوا۟ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانَ مَهْجُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Payg`ambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qur'onni tark etdilar», dedi.Ва Пайғамбар: «Эй Роббим, албатта, менинг қавмим ушбу Қуръонни тарк этдилар», деди.Alauddin Mansour: Paygʻambar aytdi: «Ey Parvardigorim, darhaqiqat, mening qavmim (Quraysh qabilasi) ushbu Qurʼonni tark qilib (undan yuz oʻgirdilar)»Пайғамбар айтди: «Эй Парвардигорим, дарҳақиқат, менинг қавмим (Қурайш қабиласи) ушбу Қуръонни тарк қилиб (ундан юз ўгирдилар)»
Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Robbilariga shikoyat qilib, ey Robbim, mening qavmim–Quraysh ushbu Qurʼonni tark etdi, dedilar.
Darhaqiqat, bu qavm Alloh taolo tomonidan ikki dunyo saodatiga erishish dasturi qilib yuborilgan Qurʼonni qabul qilmadilar. Unga quloq osmadilar. Uni oʻqib oʻrganmadilar. Unga iymon keltirmadilar. Unga amal qilmadilar. Uni tark etdilar.
Aslida, Alloh taolo ularning qilmishlarini juda yaxshi biladi. Ammo Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam ushbu gaplarni oʻzlarining dardlarini toʻkib solish uchun, Allohning amrini toʻla bajarganliklarini bildirish uchun aytmoqdalar.
Paygʻambaridan bu shikoyatni eshitganidan soʻng Alloh taolo u zotga tasalli berib, quyidagilarni aytadi: