QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят31

وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّا مِّنَ ٱلْمُجْرِمِينَ ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ هَادِيًا وَنَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana shunday. Har Payg`ambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing O`zi kifoya qilur.Ана шундай. Ҳар Пайғамбар учун жиноятчилардан душман қилганмиз. Ҳидоят ва ёрдамчиликда Роббинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: Biz (sizdan ilgari oʻtgan) har bir paygʻambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushman(lar) qilganmiz. Parvardigoringizning Oʻzi yetarli yetakchi va yordamchidir.Биз (сиздан илгари ўтган) ҳар бир пайғамбар учун (ҳам) жиноятчи кимсалардан мана шундай душман(лар) қилганмиз. Парвардигорингизнинг Ўзи етарли етакчи ва ёрдамчидир.

362-sahifa · 19-juz · 37-hizb362-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَٰلِكَva ana shundayва ана шундайجَعَلْنَاqildikқилдикلِكُلِّhar birҳар бирنَبِىٍّPaygʻambar uchunПайғамбар учунعَدُوًّۭاdushmanдушманمِّنَ-dan-данٱلْمُجْرِمِينَ ۗjinoyatchilardanжиноятчиларданوَكَفَىٰva kifoya qilurва кифоя қилурبِرَبِّكَRobbingРоббингهَادِيًۭاhidoyat qilguvchiҳидоят қилгувчиوَنَصِيرًۭاva yordamchiва ёрдамчи
TafsirТафсир

Ha, qadimdan ishlar shunday boʻlib kelgan. Qachon, qayerga Paygʻambar yuborilgan boʻlsa, oʻsha yerda ularga qarshi jinoyatchilar ham faoliyat koʻrsatib kelganlar. Bu hol hikmatsiz emas. Agar Islom yoʻli oson, bexatar yoʻl boʻlsa, bu yoʻlda qiyinchiliklar, turli toʻsiqlar boʻlmasa edi, har kim oʻzini bu yoʻlga urgan boʻlardi. Unda haqiqiy moʻmin bilan munofiqning farqini bilib boʻlmasdi. Ana shu va shunga oʻxshash koʻpgina hikmatlarga binoan, Islom yoʻli sinovlarga toʻliq qilib qoʻyilgan. Alloh Oʻzi sevgan bandalarini shunday qilib hidoyatga boshlaydi va sinovlarga chidaganlarga yordam beradi.

«Hidoyat va yordamchilikda Robbing Oʻzi kifoya qilur.»

Keyingi oyatda kofirlarning yana bir shubhasi, yana bir eʼtirozi haqida soʻz ketadi: