وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلْقُرْءَانُ جُمْلَةً وَٰحِدَةً ۚ كَذَٰلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۖ وَرَتَّلْنَـٰهُ تَرْتِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Unga Qur'on bir yo`la nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib o`qidik.Куфр келтирганлар: «Унга Қуръон бир йўла нозил қилинса эди», дедилар. Биз сенинг қалбингни у билан собит қилиш учун шундай қилдик ва уни дона-дона қилиб ўқидик.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar: «(Nega) bu Qurʼon unga (Muhammadga) bitta toʻplam boʻlgan holida nozil qilinmadi?», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz u — Qurʼon bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (parcha-parcha holda nozil qildik) va uni boʻlib-boʻlib bayon qildik.Кофир бўлган кимсалар: «(Нега) бу Қуръон унга (Муҳаммадга) битта тўплам бўлган ҳолида нозил қилинмади?», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз у — Қуръон билан сизнинг дилингизни устивор қилиш учун мана шундай (парча-парча ҳолда нозил қилдик) ва уни бўлиб-бўлиб баён қилдик.
Maʼlumki, Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Qurʼoni Karimni boʻlib-boʻlib nozil qilar edi. Bir oyat, ikki oyat yoki sharoitga qarab undan koʻproq oyat ham nozil boʻlgan. Kofirlarga bu ham yoqmadi.
«Kufr keltirganlar: «Unga Qurʼon bir yoʻla nozil qilinsa edi», dedilar.»
Bu talablari ularning johilligi alomatidir. Alloh taolo Qurʼoni Karimni bejiz boʻlak-boʻlak qilib tushirmagan. Bunda koʻplab ilohiy hikmatlar bor. Mazkur hikmatlar haqida koʻp gapirilgan. Ushbu oyati karimada esa, ulardan bittasi keltirilmoqda:
«Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib oʻqidik».
Yaʼni, ey Muhammad, Biz sening qalbingni Qurʼon bilan sobit qilish, quvvatlash uchun uni boʻlak-boʻlak holda nozil etdik va goʻzal ravishda dona-dona qilib oʻqib berdik. Qurʼon birdaniga tushmasdan, boʻlak-boʻlak boʻlib tushar, har vahiy kelganida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning qalblari quvvatlanar, kuchlariga kuch, gʻayratlariga gʻayrat qoʻshilar edi.
Kofirlar buni qayoqdan bilsinlar. Oʻzlaricha gapiraveradilar-da.