QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят34

ٱلَّذِينَ يُحْشَرُونَ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ أُو۟لَـٰٓئِكَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضَلُّ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana o`shalar, makonlari eng yomon, yo`llari eng adashgan kimsalardir.Жаҳаннам томон юз тубан ҳолларида судраладиганлар, ана ўшалар, маконлари энг ёмон, йўллари энг адашган кимсалардир.Alauddin Mansour: Yuztuban hollarida jahannam tomonga sudraladigan kimsalar — ana oʻshalar eng ahvoli yomon va butunlay yoʻldan ozgan kimsalardir.Юзтубан ҳолларида жаҳаннам томонга судраладиган кимсалар — ана ўшалар энг аҳволи ёмон ва бутунлай йўлдан озган кимсалардир.

363-sahifa · 19-juz · 37-hizb363-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularуларيُحْشَرُونَtoʻplanurlarтўпланурларعَلَىٰustidaустидаوُجُوهِهِمْyuzlariюзлариإِلَىٰtomonтомонجَهَنَّمَjahannamжаҳаннамأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларشَرٌّۭeng yomonэнг ёмонمَّكَانًۭاmakon jihatidanмакон жиҳатиданوَأَضَلُّva eng adashganва энг адашганسَبِيلًۭاyoʻl jihatidanйўл жиҳатидан
TafsirТафсир

Bu oyatda kofirlarga ogohlantirish, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga esa, tasalli bordir. Yaʼni, ey kofirlar, ogoh boʻlinglar, iymon yoʻliga kiringlar, boʻlmasa, qiyomatda jahannam tomon yuz tuban sudralasizlar, deyilmoqda.

Shu bilan birga, ey habibim, sen kofirlarning qilmishlaridan, gap-soʻzlaridan xafa boʻlma, ular hozir bunday qilayotganlari bilan, qiyomatda jahannam tomon yuz tuban sudraladilar, ularning joyi eng yomon joy boʻladi, yoʻllari eng adashgan yoʻl boʻladi, degan maʼno ham bor.

Endi esa, oʻtgan ummatlardan kufr ila kun kechirganlarining, Paygʻambarlarni tan olmaganlarining oqibati nima boʻlgani bayon qilinadi: