وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ ٱفْتَرَىٰهُ وَأَعَانَهُۥ عَلَيْهِ قَوْمٌ ءَاخَرُونَ ۖ فَقَدْ جَآءُو ظُلْمًا وَزُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni o`zi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar ko`mak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar.Куфр келтирганлар: «Бу (Қуръон) уйдирмадан бошқа нарса эмас. Уни ўзи уйдириб олди ва бунда унга бошқа қавмлар кўмак бердилар», дедилар. Бас, шубҳасиз, зулм ва ёлғон гувоҳлик келтирдилар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar: «Bu (Qurʼon) faqat (Muhammad) oʻzi toʻqib olgan bir yolgʻondir. Unga bu (yolgʻonni toʻqishda) boshqa bir qavm (ahli kitoblar) yordam qilgan», deb kufr keltirdilar va boʻhton qildilar.Кофир бўлган кимсалар: «Бу (Қуръон) фақат (Муҳаммад) ўзи тўқиб олган бир ёлғондир. Унга бу (ёлғонни тўқишда) бошқа бир қавм (аҳли китоблар) ёрдам қилган», деб куфр келтирдилар ва бўҳтон қилдилар.
Makka mushriklarining, Qurʼon Muhammad tomonidan toʻqib– uydirib olingan narsadir, degan maʼnodagi bu gaplarining oʻzi tuhmat ekanini hamma yaxshi biladi. Ularning oʻzlari, xususan, boshliqlari Qurʼon bashariy kalom emasligini takror-takror tasdiqlar edilar. Shu bilan birga, koʻpchilikka, Qurʼon Muhammadning uydirmasi, deb igʻvo tarqatar edilar.
Endi mushriklar uydirmasining ikkinchi:
«bunda unga boshqa qavmlar koʻmak berdilar», degan qismiga nazar tashlaylik. Bu bilan mushriklar, Muhammadga Qurʼonni uydirishda boshqa qavmlar yordam bergan, deyishmoqchi. Oʻsha paytda «boshqa qavmlar» kimlar, deb soʻralganda, mushriklar: «Ahli kitoblar», deb javob berishgan. Demak, mushriklarning daʼvosicha, Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻzlariga yangi din yaratish maqsadida bir kitob yozishga qaror qilganlar. Bu ishni ishonchliroq chiqarish maqsadida eski ilohiy kitoblarga oʻxshatishga harakat qilib, ahli kitoblardan yordam olganlar. Yaʼni, yahudiy va nasorolardan. Xoʻsh, yahudiy va nasorolar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga oʻz kirdikorlarini fosh qilishda, jinoyatlarini oshkora etishda, buzuq eʼtiqodlarining sharmandaligini bayon qilishda yordam beribdilarmi? Qurʼonda yahudiy va nasorolarning har bobdagi xatolari bayon etilgan-ku!
Demak, mushriklarning bu daʼvolari mutlaqo notoʻgʻri. Ular bu daʼvo bilan:
«Bas, shubhasiz, zulm va yolgʻon guvohlik keltirdilar».
Ularning bu gaplarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan zulm bor, Qurʼoni Karimga nisbatan zulm bor, haqiqatga nisbatan zulm bor. Alloh taologa nisbatan zulm bor. Ularning bu guvohligi yolgʻon guvohlikdir.
Kofirlar Qurʼoni Karim haqida ushbu uydirma va boʻhton ila kifoyalanib qolmadilar.