وَقَالُوٓا۟ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ ٱكْتَتَبَهَا فَهِىَ تُمْلَىٰ عَلَيْهِ بُكْرَةً وَأَصِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar.Улар: «Бу аввалгиларнинг афсонасидир. Уларни ёздириб олган. Ҳолбуки, улар унга эртаю кеч имло қилинур», дедилар.Alauddin Mansour: Yana ular: «(Bu) avvalgilardan qolgan afsonalardir (Muhammad) ularni koʻchirib olgan. Bas, (bu afsonalar birovlar tomonidan) unga erta-yu kech oʻqib berilur», dedilar.Яна улар: «(Бу) аввалгилардан қолган афсоналардир (Муҳаммад) уларни кўчириб олган. Бас, (бу афсоналар бировлар томонидан) унга эрта-ю кеч ўқиб берилур», дедилар.
Kofirlarning Qurʼoni Karim haqida bir unday, bir bunday deyishlarining oʻzi ham daʼvolarining asosli emasligiga dalildir. Ularga asosning keragi ham yoʻq, bir oz oʻzlarining buzuq aqllari va fosid mantiqlariga ilashadigan joyi boʻlsa, bas, oʻshani gap deb gapiraveradilar. Oʻtgan ummatlar haqida Qurʼondagi qissalardan xabardor boʻlganlaridan keyin:
«Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir», dedilar.
Qurʼon avvalgilarning afsonasi boʻlsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu afsonalarni qayerdan olibdilar?
«Ularni yozdirib olgan», deydilar.
Avvalgi mushriklar har qancha johil boʻlsalar ham, hozirgilarga qaraganda bir oz insofli boʻlgan ekan. Ular hozirgi mushriklarga oʻxshab, «yozib olgan», demasdan, «yozdirib olgan», demoqdalar. Chunki, ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oʻqish va yozishni bilmasliklarini yaxshi biladilar. Shuning uchun, afsonalarni boshqalarga yozdirib olgan, dedilar. Yana:
«Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar».
Yaʼni, oʻsha afsonalar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ertayu kech aytib turiladi, demoqdalar.
Kofir-mushriklarning bu uydirmasiga qanday javob berishni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning Oʻzi oʻrgatadi: