QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят6

قُلْ أَنزَلَهُ ٱلَّذِى يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir», degin.Сен: «Уни осмонлару ердаги сирни биладиган Зот нозил қилди. Албатта, У мағфиратли ва раҳимли Зотдир», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, siz ularga) ayting: «Uni osmonlar va Yerdagi barcha sir-asrorni biladigan Zot nozil qilgandir. Albatta U magʻfiratli mehribon boʻlgan Zotdir».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сиз уларга) айтинг: «Уни осмонлар ва Ердаги барча сир-асрорни биладиган Зот нозил қилгандир. Албатта У мағфиратли меҳрибон бўлган Зотдир».

360-sahifa · 18-juz · 36-hizb360-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeginдегинأَنزَلَهُuni nozil qildiуни нозил қилдиٱلَّذِىU ZotkiУ Зоткиيَعْلَمُbiladiganбиладиганٱلسِّرَّsirniсирниفِى-dagi-дагиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۚva yerdagiва ердагиإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уكَانَerurэрурغَفُورًۭاmagʻfiratliмағфиратлиرَّحِيمًۭاrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Qurʼonni hamma narsani bilguvchi zot–Alloh nozil qilgandir. Hamma narsani bilguvchi Zot oʻtgan ummatlarning tarixini ham juda yaxshi biladi. Oʻtganlarning afsonalarini birovdan yozdirib olishga hojat yoʻq. Balki, bu afsonalar yolgʻon, bidʼat va xurofotlarga toʻliqdir. Qurʼoni Karimda esa, oʻtgan ummatlarning qissalari eng rost va toʻgʻri ravishda keltiriladi. Kishilarni ulardan oʻrnak olishga chaqiriladi. Vaqt oʻtib, ilm rivojlanishi bilan bu haqiqat yana ham ravshanlashib bormoqda.

Mushriklar faqat Qurʼoni Karim haqida emas, Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida ham turli uydirmalar toʻqidilar.