QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят7

وَقَالُوا۟ مَالِ هَـٰذَا ٱلرَّسُولِ يَأْكُلُ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشِى فِى ٱلْأَسْوَاقِ ۙ لَوْلَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَلَكٌ فَيَكُونَ مَعَهُۥ نَذِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bu ne Payg`ambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi bo`lar edi.Улар: «Бу не Пайғамбарки, таом еб, бозорда юрадир?! Унга бир фаришта туширилса эди, у билан огоҳлантиргувчи бўлар эди.Alauddin Mansour: Yana ular (masxara qilishib): «Nega bu paygʻambar (oddiy odamlardek) taom yer va bozorlarda yurar?! Unga (paygʻambarligini tasdiqlaydigan) biron farishta tushirilib, u bilan birga qoʻrqitguvchi boʻlsa edi.Яна улар (масхара қилишиб): «Нега бу пайғамбар (оддий одамлардек) таом ер ва бозорларда юрар?! Унга (пайғамбарлигини тасдиқлайдиган) бирон фаришта туширилиб, у билан бирга қўрқитгувчи бўлса эди.

360-sahifa · 18-juz · 36-hizb360-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالُوا۟va dedilarва дедиларمَالِne boʻldikiне бўлдикиهَـٰذَاbuбуٱلرَّسُولِPaygʻambarПайғамбарيَأْكُلُyeydiейдиٱلطَّعَامَtaomтаомوَيَمْشِىva yuradirва юрадирفِى-da-даٱلْأَسْوَاقِ ۙbozorlardaбозорлардаلَوْلَآnegaнегаأُنزِلَtushirilmadiтуширилмадиإِلَيْهِungaунгаمَلَكٌۭbir farishtaбир фариштаفَيَكُونَbas, boʻlar ediбас, бўлар эдиمَعَهُۥu bilanу биланنَذِيرًاogohlantirguvchiогоҳлантиргувчи
TafsirТафсир

Qadimdan odamlarga oʻzlariga oʻxshagan oddiy insonning Paygʻambar boʻlishi gʻalati tuyulib kelgan. Ularning tasavvurlarida Paygʻambar qandaydir boshqa xususiyatlarga ega boʻlishi kerak.

«Ular, «Bu ne Paygʻambarki, taom yeb, bozorda yuradir?!» dedilar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham boshqa Paygʻambarlar kabi oddiy odamdir. Ul zot ham taom yer, bozorga borib savdo-sotiq qilar va boshqa tirikchilik ishlarini bajarar edilar. Mushriklar bu ishlarni kamchilik, Paygʻambarga toʻgʻri kelmaydigan ish deb baholardilar. Ularning fikricha, Paygʻambar ovqat yemasligi, bozorda yurmasligi va insonga oid boshqa ishlarni qilmasligi kerak.

«Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi boʻlar edi.»

Chunki, kofirlarning fikricha, odamdan koʻra farishta Paygʻambar boʻlishga loyiqroqdir.

Lekin ular Alloh taolo odamni yaratiboq farishtalarni unga sajda qilishga buyurganini unutadilar. Yaʼni, Alloh huzurida odam farishtalardan ustun ekanini esdan chiqaradilar.

Odamlarga yoʻlboshchi boʻlish uchun, ularga oʻrnak boʻlish uchun oʻzlariga oʻxshash odamdan Paygʻambar boʻlishi ulkan hikmatga molik ekanini ular qayerdan bilsinlar? Mushriklar oʻzlaricha:

«Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bogʻi boʻlsayu undan yesa», dedilar.

Ularning fikricha, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning rizqlarini topish uchun bozorda yurishlari Paygʻambarlik martabasiga toʻgʻri kelmaydi. U kishiga hamma narsa osmondan tayyor holda tushgan boʻlishi kerak.

Ammo osmonlaru yerning sirini bilguvchi Alloh Oʻz hikmati ila oxirzamon Paygʻambarining xazinasi ham, bogʻu rogʻlari ham boʻlishini xohlamadi. Hammaga oʻrnak boʻlishlari uchun u zotning kambagʻal boʻlishini iroda qildi. Boylik, turli molu mulk bilan mashgʻul boʻlishlarini istamadi. Zotan, Allohga bogʻlangan kishi uchun bu narsalarning hech qizigʻi yoʻq.

Mushriklar mazkur uydirma, yolgʻon va boʻhtonlari ham yetmaganidek, musulmonlarni yoʻldan urmoqchi boʻlib, turli gaplar bilan ularni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ergashishdan qaytarishga harakat qildilar:

«Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar».

Zolim mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni sehrlangan kishi deyish bilan eng katta zulmlardan birini qildilar.

Alloh taolo mushriklarning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam haqidagi boʻhtonlariga nisbatan bitta raddiya qildi: