أَوْ يُلْقَىٰٓ إِلَيْهِ كَنزٌ أَوْ تَكُونُ لَهُۥ جَنَّةٌ يَأْكُلُ مِنْهَا ۚ وَقَالَ ٱلظَّـٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًا مَّسْحُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bog`i bo`lsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.Ёки унга хазина ташланса ёхуд унинг боғи бўлса-ю, ундан еса», дедилар. Золимлар: «Сизлар фақат сеҳрланган кишига эргашяпсизлар, холос», дедилар.Alauddin Mansour: Yoki unga (osmondan) xazina tashlansa (va u bozorlarda savdo-sotiq bilan tirikchilik oʻtkazmay, oʻsha xazinadan sarf qilib yursa) edi, yoxud uning uchun bir bogʻu-boʻston boʻlib, u (faqat oʻsha bogʻdan) yeb-ichsa edi», dedilar. Bu zolim kimsalar (moʻminlarga): «Sizlar faqat bir sehrlangan — aqldan ozgan kishiga ergashmoqdasiz», dedilar.Ёки унга (осмондан) хазина ташланса (ва у бозорларда савдо-сотиқ билан тирикчилик ўтказмай, ўша хазинадан сарф қилиб юрса) эди, ёхуд унинг учун бир боғу-бўстон бўлиб, у (фақат ўша боғдан) еб-ичса эди», дедилар. Бу золим кимсалар (мўминларга): «Сизлар фақат бир сеҳрланган — ақлдан озган кишига эргашмоқдасиз», дедилар.
Qadimdan odamlarga oʻzlariga oʻxshagan oddiy insonning Paygʻambar boʻlishi gʻalati tuyulib kelgan. Ularning tasavvurlarida Paygʻambar qandaydir boshqa xususiyatlarga ega boʻlishi kerak.
«Ular, «Bu ne Paygʻambarki, taom yeb, bozorda yuradir?!» dedilar.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham boshqa Paygʻambarlar kabi oddiy odamdir. Ul zot ham taom yer, bozorga borib savdo-sotiq qilar va boshqa tirikchilik ishlarini bajarar edilar. Mushriklar bu ishlarni kamchilik, Paygʻambarga toʻgʻri kelmaydigan ish deb baholardilar. Ularning fikricha, Paygʻambar ovqat yemasligi, bozorda yurmasligi va insonga oid boshqa ishlarni qilmasligi kerak.
«Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi boʻlar edi.»
Chunki, kofirlarning fikricha, odamdan koʻra farishta Paygʻambar boʻlishga loyiqroqdir.
Lekin ular Alloh taolo odamni yaratiboq farishtalarni unga sajda qilishga buyurganini unutadilar. Yaʼni, Alloh huzurida odam farishtalardan ustun ekanini esdan chiqaradilar.
Odamlarga yoʻlboshchi boʻlish uchun, ularga oʻrnak boʻlish uchun oʻzlariga oʻxshash odamdan Paygʻambar boʻlishi ulkan hikmatga molik ekanini ular qayerdan bilsinlar? Mushriklar oʻzlaricha:
«Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bogʻi boʻlsayu undan yesa», dedilar.
Ularning fikricha, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning rizqlarini topish uchun bozorda yurishlari Paygʻambarlik martabasiga toʻgʻri kelmaydi. U kishiga hamma narsa osmondan tayyor holda tushgan boʻlishi kerak.
Ammo osmonlaru yerning sirini bilguvchi Alloh Oʻz hikmati ila oxirzamon Paygʻambarining xazinasi ham, bogʻu rogʻlari ham boʻlishini xohlamadi. Hammaga oʻrnak boʻlishlari uchun u zotning kambagʻal boʻlishini iroda qildi. Boylik, turli molu mulk bilan mashgʻul boʻlishlarini istamadi. Zotan, Allohga bogʻlangan kishi uchun bu narsalarning hech qizigʻi yoʻq.
Mushriklar mazkur uydirma, yolgʻon va boʻhtonlari ham yetmaganidek, musulmonlarni yoʻldan urmoqchi boʻlib, turli gaplar bilan ularni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga ergashishdan qaytarishga harakat qildilar:
«Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar».
Zolim mushriklar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni sehrlangan kishi deyish bilan eng katta zulmlardan birini qildilar.
Alloh taolo mushriklarning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam haqidagi boʻhtonlariga nisbatan bitta raddiya qildi: