QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят43

أَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَـٰهَهُۥ هَوَىٰهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Havoyi nafsini o`ziga xudo qilib olganni ko`rdingmi?! Endi sen unga vakil bo`lasanmi?!Ҳавойи нафсини ўзига худо қилиб олганни кўрдингми?! Энди сен унга вакил бўласанми?!Alauddin Mansour: Xabar bering-chi, kim havoi nafslarini iloh kilib olgan boʻlsa, siz uning ustida vakil-qoʻriqchi boʻlurmisiz?! (Yoʻq, sizning vazifangiz havoi nafsiga qullik qiladigan kimsalarni bu qilmishlaridan saqlash — qoʻriqlash emas, balki faqat Biz sizga yuborgan vahiyni bandalarimizga yetkazmoqdir).Хабар беринг-чи, ким ҳавои нафсларини илоҳ килиб олган бўлса, сиз унинг устида вакил-қўриқчи бўлурмисиз?! (Йўқ, сизнинг вазифангиз ҳавои нафсига қуллик қиладиган кимсаларни бу қилмишларидан сақлаш — қўриқлаш эмас, балки фақат Биз сизга юборган ваҳийни бандаларимизга етказмоқдир).

363-sahifa · 19-juz · 37-hizb363-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَرَءَيْتَkoʻrdingmiкўрдингмиمَنِkimsaniкимсаниٱتَّخَذَqilib olganқилиб олганإِلَـٰهَهُۥoʻziga xudoўзига худоهَوَىٰهُhavoi nafsiniҳавои нафсиниأَفَأَنتَendi senmiэнди сенмиتَكُونُboʻlasanбўласанعَلَيْهِungaунгаوَكِيلًاvakilвакил
TafsirТафсир

Ana endi mushriku kofirlarning dinu diyonatga, Paygʻambarga va Qurʼonga nisbatan teskari munosabatda boʻlayotganlarining, oqni qora, qorani oq deydigan ters siyosat yurgazayotganlarining sababi ayon boʻldi. Ular ilmu maʼrifat, aqlu mantiq, tafakkuru tadabbur yuzasidan emas, havoyi nafsga berilish yuzasidan hukm chiqarayotgan ekanlar. Ular aqllariga emas, shahvatlariga ergashayotgan ekanlar. Ular havoyi nafslariga banda boʻlib, oʻsha havoyi nafsning aytganini qilayotgan ekanlar. Havoyi nafsini oʻziga xudo qilib olgan pastkashdan bundan boshqa nimani ham kutib boʻlar edi?

«Endi sen unga vakil boʻlasanmi?!»

Yoʻq, albatta. Paygʻambarning vazifasi havoyi nafsini oʻziga xudo qilib olganlarga vakil boʻlish emas, balki Allohdan kelgan amrlarni kishilarga yetkazishdir.