QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят44

أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ ۚ إِنْ هُمْ إِلَّا كَٱلْأَنْعَـٰمِ ۖ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki sen ularning ko`plari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo`q. Balki yana ham yo`ldan ozganroqdirlar.Ёки сен уларнинг кўплари тинглай олурлар ё англай олурлар, деб ҳисоблайсанми? Аслида, уларнинг ҳайвонлардан фарқи йўқ. Балки яна ҳам йўлдан озганроқдирлар.Alauddin Mansour: Yoki siz ularning koʻplariga (haq soʻzni) tinglay oladilar yo anglay oladilar, deb oʻylaysizmi?! (Undoq emas, zero) ular hech narsa emaslar, magar chorva hayvonlari kabidirlar. Yoʻq, ular yanada yoʻldan ozganroq kimsalardir!Ёки сиз уларнинг кўпларига (ҳақ сўзни) тинглай оладилар ё англай оладилар, деб ўйлайсизми?! (Ундоқ эмас, зеро) улар ҳеч нарса эмаслар, магар чорва ҳайвонлари кабидирлар. Йўқ, улар янада йўлдан озганроқ кимсалардир!

364-sahifa · 19-juz · 37-hizb364-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиتَحْسَبُhisoblaysanmiҳисоблайсанмиأَنَّ-ki-киأَكْثَرَهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариيَسْمَعُونَtinglay oladilarтинглай оладиларأَوْyokiёкиيَعْقِلُونَ ۚanglay oladilarанглай оладиларإِنْemasэмасهُمْularуларإِلَّاmagarмагарكَٱلْأَنْعَـٰمِ ۖhayvonlar kabiҳайвонлар кабиبَلْbalkiбалкиهُمْularуларأَضَلُّyanada adashganroqянада адашганроқسَبِيلًاyoʻl jihatidanйўл жиҳатидан
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga tasalli va havoyi nafslarini xudo qilib olgan kofirlarni yerga urish bor.

Ey Paygʻambar, sen kofirlarning seni masxara qilayotganlaridan, iymonga kelmayotganlaridan xafa boʻlma,

«Yoki sen ularning koʻplari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi?»

Ha, ularning koʻplari haq soʻzlarni ibrat, vaʼz-nasihat oladigan darajada tinglay olmaydilar. Iymonga boʻlgan daʼvatni anglay olmaydilar. Chunki:

«Aslida, ularning hayvonlardan farqi yoʻq».

Hayvonlar ham soʻzlarni eshitadilar-u, ibrat olmaydilar va anglay olmaydilar. Havoyi nafsini xudo qilib olgan kofirlar ham shunga oʻxshaydi. Shuningdek ular:

«Balki yana ham yoʻldan ozganroqdirlar».

Chunki, uy hayvonlari oʻzlariga qaragan kishiga bogʻlanib vafodorlik qiladi. Oʻzlariga yomonlik etganlar bilan yaxshilik qilganlarni ajratadi. Oʻzlariga foydali narsalarni kutib, zararli narsalardan qochadi. Yegan-ichgan narsasining farqiga boradi. Oʻzlari oʻrgangan yoʻldan adashmaydi. Oʻzlariga yuklatilgan vazifani toʻliq bajaradi. Ammo kofirlar-chi? Kofirlar oʻz Robbilarini tan olmaydilar. Alloh ularga bergan neʼmatlarga noshukrlik qiladilar. Oʻzlariga foydali narsani qoʻyib, zararli narsaga urinadilar. Yer yuzidagi hamma narsalarga yomonlik qiladilar. Demak, ular hayvondan ham battardirlar.

Endigi keladigan oyatlarda Alloh taolo Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning eʼtiborlarini borliqdagi ajoyibotlarga tortadi. Bu esa, oʻz navbatida, Alloh taoloning qudratiga qoyil qolishni kuchaytirib, bu dunyo siqilishlarini unuttiradi: