QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят52

فَلَا تُطِعِ ٱلْكَـٰفِرِينَ وَجَـٰهِدْهُم بِهِۦ جِهَادًا كَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qur'on) bilan katta jiddu jahd qil!Кофирларга итоат этма! Уларга қарши у(Қуръон) билан катта жидду жаҳд қил!Alauddin Mansour: Bas, siz kofir kimsalarga boʻyinsunmang va (Qurʼon) yordamida ularga qarshi qattiq kurashing!Бас, сиз кофир кимсаларга бўйинсунманг ва (Қуръон) ёрдамида уларга қарши қаттиқ курашинг!

364-sahifa · 19-juz · 37-hizb364-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَاbas, ...maбас, ...маتُطِعِitoat etmaитоат этмаٱلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаوَجَـٰهِدْهُمva ularga qarshi jihod qilва уларга қарши жиҳод қилبِهِۦu (Qurʼon) bilanу (Қуръон) биланجِهَادًۭاjihodжиҳодكَبِيرًۭاkattaкатта
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, nima desalar ham, nima qilsalar ham, kofirlarning gapiga kirma, ularga itoat etma. Ularga qarshi Qurʼon bilan katta jihod qil. Falaba qilasan.

Darhaqiqat, Qurʼoni Karim kufrga va kofirlarga qarshi kurashning asosiy qurolidir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari vaqtida iymonga kelganlar, asosan, Qurʼondan taʼsirlanib iymon keltirganlar. Hatto iymonga kelmaganlari ham Qurʼon jihodidan qattiq taʼsirlanar edilar. Quraysh boshliqlari kechasi bir-birlaridan berkinib borib Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tilovatlariga quloq osganlari, undan qattiq taʼsirlanganlari, bir-birlarini bilib qolib, birovga aytmaslikka, qaytib Qurʼon eshitmaslikka vaʼdalashganlari, shunday boʻlsa ham, keyingi kechasi qaytib borib, yana Qurʼon tinglaganlari haqidagi rivoyatlar maʼlum va mashhur.

Keyingi davrlarda ham Islom dinini qabul qilganlardan «Nima uchun bu dinni qabul qildingiz?» deb soʻralganda, koʻplari, «Qurʼondan taʼsirlandim», deb javob berganlar.

Taraqqiy etgan davlatlarda turli kishilarda paydo boʻladigan ruhiy taʼsirlanishni oʻlchash boʻyicha oʻtkazilgan tajribalarda Qurʼoni Karimni eshitganda, hatto iymonsiz, arab tilini bilmaydigan kishilar ham qattiq taʼsirlanishini zamonaviy asboblar qayd etdi.

Qurʼonni eshitish, oʻqish, maʼnosini anglash imkoni boʻla turib, unga iymon keltirmaslik uchun, unga amal qilmaslik uchun qandaydir boshqa maxluq boʻlish kerak, xolos.

Yana borliqdagi ajoyibotlarga, bu safar dengizlarga va ulardagi narsalarga, Allohning cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi alomatlarga qaytiladi: