QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят53

۞ وَهُوَ ٱلَّذِى مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ هَـٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ وَهَـٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًا وَحِجْرًا مَّحْجُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, ikki dengizni — bunisi chuchuk-shirin, unisi sho`r-achchiq qilib oqizib qo`ygan va oralariga ko`rinmas to`siq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir.У, икки денгизни — буниси чучук-ширин, униси шўр-аччиқ қилиб оқизиб қўйган ва ораларига кўринмас тўсиқ ҳамда очилмас сарҳад қилган Зотдир.Alauddin Mansour: (Alloh) ikki dengiz — daryoni bunisi chuchuk — shirin, unisi shoʻr — achchiq qilib oqizib qoʻygan va ularning oʻrtasida toʻsiq-toʻgʻon va koʻrinmas parda qilib qoʻygan Zotdir.(Аллоҳ) икки денгиз — дарёни буниси чучук — ширин, униси шўр — аччиқ қилиб оқизиб қўйган ва уларнинг ўртасида тўсиқ-тўғон ва кўринмас парда қилиб қўйган Зотдир.

364-sahifa · 19-juz · 37-hizb364-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَهُوَva Uва УٱلَّذِىZotdirkiЗотдиркиمَرَجَoqizib qoʻyganоқизиб қўйганٱلْبَحْرَيْنِikki dengizniикки денгизниهَـٰذَاbunisiбунисиعَذْبٌۭchuchukчучукفُرَاتٌۭshirinширинوَهَـٰذَاva unisiва унисиمِلْحٌshoʻrшўрأُجَاجٌۭachchiqаччиқوَجَعَلَva qilganва қилганبَيْنَهُمَاoralarigaораларигаبَرْزَخًۭاkoʻrinmas toʻsiqкўринмас тўсиқوَحِجْرًۭاva sarhadва сарҳадمَّحْجُورًۭاochilmasочилмас
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada koʻplarimiz eʼtibor bermaydigan bir ilmiy haqiqat haqida soʻz ketmoqda. U ham boʻlsa, chuchuk suvlar bilan shoʻr suvlarning arlashmasligi. Alloh taolo yer kurrasida suvni koʻpaytirib qoʻygan. Ular ichida esa, shoʻr suvni koʻpaytirib qoʻygan. Barcha ummonlar va dengizlar shoʻrdir. Daryolarni chuchuk qilib qoʻygan. Daryolar oqib borib suvini dengizlarga, ummonlarga quyadi. Ammo bu bilan dengiz suvi chuchuk boʻlib qolmaydi, daryo suvi shoʻr boʻlib qolmaydi. Zotan, daryolarning suvi ham dengiz va ummonlardan bugʻlanib koʻtarilgan suvdan iborat. Ushbu holat Allohning qudrati cheksizligining dalolati emasmi?

Koʻpgina ilmiy nashrlarning yozishlaricha, daryo va dengizlarning qoʻshilish joylarida ilmiy tekshirish oʻtkazgan ajnabiy olimlar, xususan, Jak Iv Kusto ushbu haqiqatning bundan 1400 yil avval Qurʼonda zikr etilganini bilganlaridan soʻng qoyil qolishgan. Ular ushbu hodisadan Qurʼoni Karimning haqiqiy ilohiy kitob ekanligini anglab yetganlar va iymon keltirib, musulmon boʻlganlar.

Yuqorida eslatilgan dengiz, daryo, yomgʻir suvlarida turli ajoyibotlar boʻlsa, endi zikr qilinadigan odamning nutfasidagi suvda undan ham katta ajoyibotlar bor: