QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят54

وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ مِنَ ٱلْمَآءِ بَشَرًا فَجَعَلَهُۥ نَسَبًا وَصِهْرًا ۗ وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qo`ygan Zotdir. Robbing qodir bo`lgan Zotdir.У, сувдан башар яратган ва уни насл-насаб, қуда-анда қилиб қўйган Зотдир. Роббинг қодир бўлган Зотдир.Alauddin Mansour: U suvdan — nutfadan insonni yaratib, soʻng uni nasl-nasab (egasi) va quda-anda qilib qoʻygan Zotdir. Darhaqiqat, Parvardigoringiz (har ishga) qodirdir.У сувдан — нутфадан инсонни яратиб, сўнг уни насл-насаб (эгаси) ва қуда-анда қилиб қўйган Зотдир. Дарҳақиқат, Парвардигорингиз (ҳар ишга) қодирдир.

364-sahifa · 19-juz · 37-hizb364-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва УٱلَّذِىZotdirkiЗотдиркиخَلَقَyaratganяратганمِنَ-dan-данٱلْمَآءِsuvсувبَشَرًۭاbasharбашарفَجَعَلَهُۥbas, uni qildiбас, уни қилдиنَسَبًۭاnasl-nasabнасл-насабوَصِهْرًۭا ۗva quda-andaва қуда-андаوَكَانَva erurва эрурرَبُّكَRobbingРоббингقَدِيرًۭاqodirқодир
TafsirТафсир

Arab tiliga xos boʻlgan xususiyatlar bois, tafsirchi ulamolarimiz oyati karimadagi «nasl-nasab»ga «oʻgʻil», «quda-anda»ga «qiz» deb maʼno berganlar. Chunki, bir urugʻ yoki oilaning nasabi saqlanishiga oʻgʻil bola sabab boʻlsa, boshqalar bilan quda boʻlishiga qiz bola sabab boʻlar ekan. Shunda:

«U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qoʻygan Zotdir» jumlasining maʼnosi, Alloh nutfadan odam yaratgan va oʻsha odamni erkak va ayol qilib qoʻygan zotdir, degani boʻladi.

Aslida, ayol kishiga oʻtgan erkak suvidagi oʻn minglab urugʻlikdan bittasigina bachadondagi tuxumga ilashib, undan bola paydo boʻladi. Ana oʻsha koʻzga koʻrinmas kichik narsa Allohning irodasi ila murakkab insonga aylanganida oʻgʻil yoki qizga ajraladi. Milliardlab erkak-ayolning har birining oʻziga xos xususiyatlari, bir-biriga oʻxshamas tomonlari bor. Koʻzga koʻrinmas oʻsha urugʻlikka shu xususiyatlarni joylagan Allohning qudratiga qoyil qolmay boʻladimi?! Bunga Allohdan oʻzga kim qodir boʻladi? Hech kim.

«Robbing qodir boʻlgan Zotdir.»

Ey Paygʻambar, sening Robbing har bir narsani, shu jumladan, arzimagan suvdan murakkab insonni ham yaratishga qodir Zotdir.

Lekin oʻsha arzimagan suvdan Alloh qudrati ila yaralgan insonlarning koʻplari oʻzlarining xoliqlarini tanimaydilar.