وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُهُمْ وَلَا يَضُرُّهُمْ ۗ وَكَانَ ٱلْكَافِرُ عَلَىٰ رَبِّهِۦ ظَهِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohdan o`zga, ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan, narsalarga ibodat qiladilar. Va kofir, Robbiga qarshi yordamchi bo`lgandir.Улар Аллоҳдан ўзга, уларга наф ҳам, зарар ҳам етказмайдиган, нарсаларга ибодат қиладилар. Ва кофир, Роббига қарши ёрдамчи бўлгандир.Alauddin Mansour: (Kofirlar) Allohni qoʻyib, oʻzlariga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir oʻz Parvardigoriga qarshi (shaytonga) yordamchi boʻlgan kimsadir.(Кофирлар) Аллоҳни қўйиб, ўзларига фойда ҳам, зиён ҳам етказа олмайдиган нарсаларга ибодат қиладилар. Кофир ўз Парвардигорига қарши (шайтонга) ёрдамчи бўлган кимсадир.
Kofirlar Allohni qoʻyib turli narsalarga topinadilar, ularning yoʻllaridan yuradilar. Holbuki, ibodat qilayotgan oʻsha narsalari ularga foyda ham, zarar ham bera olmaydi.
«Va kofir Robbiga qarshi yordamchi boʻlgandir.»
Har bir kofir Allohga qarshi nima ish boʻlsa, oʻshanda qatnashishi bilan Robbiga qarshi yordamchi boʻladi.
Allohning Paygʻambariga qarshi chiqish Allohga qarshi chiqishdir. Allohning Qurʼoniga qarshi chiqish Allohga qarshi chiqishdir. Allohning diniga qarshi chiqish Allohga qarshi chiqishdir.