QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят71

وَمَن تَابَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَإِنَّهُۥ يَتُوبُ إِلَى ٱللَّهِ مَتَابًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar.Ким тавба қилиб, солиҳ амал қилса, у, албатта, Аллоҳга (ҳақиқий) қайтиш ила қайтар.Alauddin Mansour: Kim tavba qilib, yaxshi (amallar) qilsa, bas, albatta u Allohning (rizo-magʻfiratiga) qaytgan boʻlur.Ким тавба қилиб, яхши (амаллар) қилса, бас, албатта у Аллоҳнинг (ризо-мағфиратига) қайтган бўлур.

366-sahifa · 19-juz · 37-hizb366-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимتَابَtavba qilsaтавба қилсаوَعَمِلَva qilsaва қилсаصَـٰلِحًۭاsolih amalсолиҳ амалفَإِنَّهُۥbas, albatta, uбас, албатта, уيَتُوبُqaytarқайтарإِلَىtomonтомонٱللَّهِAllohgaАллоҳгаمَتَابًۭاhaqiqiy qaytish ilaҳақиқий қайтиш ила
TafsirТафсир

Tavba qilish gunohga afsus-nadomat chekish bilan boshlanadi. Soʻngra oʻsha gunohni qaytarmaslikka dilda qattiq ahd qilinadi. Keyin bu ahd dilda tasdiqlanadi. Tavbaning haqiqiy yoki soxta ekanligi uning eʼlonidan keyingi amaldan bilinadi. Agar eʼlondan keyingi amal solih–yaxshi boʻlsa, tavba haqiqiy, yomon boʻlsa, tavba soxta boʻladi. Chunki, gunoh ham faqat niyat emas, balki qilingan amaldir. Shuning uchun, tavba ham amalsiz boʻlmaydi.

Keyingi oyatdan yana Rohmanning suyukli bandalarining sifatlarini vasf qilish davom etadi: