وَٱلَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ ٱلزُّورَ وَإِذَا مَرُّوا۟ بِٱللَّغْوِ مَرُّوا۟ كِرَامًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular yolg`on guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan o`tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o`tarlar.Улар ёлғон гувоҳлик бермайдиганлардир ва беҳуда нарсалар олдидан ўтсалар, ҳурматларини сақлаган ҳолда ўтарлар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, Rahmonning suyukli bandalari) yolgʻon guvohlik bermaslar va lagʻv (behuda soʻz yo amal) oldidan oʻtgan vaqtlarida, olijanoblik bilan (yaʼni, undan yuz oʻgirgan hollarida) oʻturlar.Улар (яъни, Раҳмоннинг суюкли бандалари) ёлғон гувоҳлик бермаслар ва лағв (беҳуда сўз ё амал) олдидан ўтган вақтларида, олижаноблик билан (яъни, ундан юз ўгирган ҳолларида) ўтурлар.
Rohmanning suyukli bandalari uchun sakkizinchi sifat: Yolgʻon guvohlik bermaslik.
«Ular yolgʻon guvohlik bermaydiganlardir.…»
Yolgʻon guvohlik berish ulkan gunoh ekanligi boshqa oyatlarda ham koʻp taʼkidlangan. Shuningdek, hadisi shariflarda qattiq qoralangan. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam baʼzi hollarda yolgʻon guvohlik berishni Allohga shirk keltirish bilan bir joyda zikr qilganlar.
Birovning ziddiga yoki foydasiga yolgʻon guvohlik berish ulkan gunohdir. Bunday odam hech qachon Allohning suyukli bandasi boʻla olmaydi.
Toʻqqizinchi sifat: Behuda gap-soʻz va amallar qarshisida oʻz obroʻyini saqlay bilish.
«...…behuda narsalar oldidan oʻtsalar, hurmatlarini saqlagan holda oʻtarlar.»
Musulmon odam oʻzini behuda, foydasiz gap-soʻz va ishlarga ovora qilmaydi. Unday gap-soʻz yoki ishlarda qatnashmaydi, mabodo, boshqalar tomonidan bu narsa sodir etiladigan boʻlsa, uning oldidan hurmatini saqlab, obroʻ va oliyjanoblik ila oʻtib ketadi.
Oʻninchi sifat: Aql ishlatib, ong ila dindorlik qilish.