وَإِذْ نَادَىٰ رَبُّكَ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱئْتِ ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin.Роббинг Мусога: «У золим қавмга боргин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, Parvardigoringiz Musoga nido qilib: «U zolim qavmga borgin.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эсланг, Парвардигорингиз Мусога нидо қилиб: «У золим қавмга боргин.
Alloh taolo Muso alayhissalomni Paygʻambar qilib yuborayotib, unga shunday nido qildi:
«U zolim qavmga borgin. Firʼavn qavmiga. (Bizdan) qoʻrqmaydilarmi?!»
Oyatda Firʼavn qavmi «zolim» deb atalmoqda. Darhaqiqat, Allohga kufr keltirish eng ulkan maʼnaviy zulmdir. Firʼavn qavmi zolim edi. Shu bilan birga, ular Muso alayhissalomning qavmiga–Bani Isroilga zulm oʻtkazar edi. Bu ishlarni Allohdan qoʻrqmaganlaridan qilar edilar. Alloh taolo Paygʻambari Muso alayhissalomga oʻsha qavmning zolimligini, aslida ular Allohdan qoʻrqishlari lozimligini eslatib qoʻymoqda.
Allohning amrini eshitgan Muso alayhissalom: