QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят140

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.Албатта, Роббинг Ўзи азийзу меҳрибондир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, Parvardigoringizning Oʻzi (kofirlar ustidan) gʻolib, (moʻminlarga) mehribondir.Шак-шубҳасиз, Парвардигорингизнинг Ўзи (кофирлар устидан) ғолиб, (мўминларга) меҳрибондир.

373-sahifa · 19-juz · 38-hizb373-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّva albattaва албаттаرَبَّكَRobbingРоббингلَهُوَOʻziЎзиٱلْعَزِيزُazizазизٱلرَّحِيمُmehribondirмеҳрибондир
TafsirТафсир

Albatta, har bir inson, jamoa, qavm, el-yurt va millat bu qissalardan ibrat, eslatma olishi zarur. Oʻtgan salafi solihlarimiz bu ishni oʻrniga qoʻyganlar.

Bu haqda Ibn Abu Hotim Abdulloh ibn Utbadan quyidagi rivoyatni keltiradilar:

«Abu Dardo roziyallohu anhu musulmonlar imoratlarga zeb berib, dov-daraxt kesishga tushib qolganlarini koʻrganda, masjidga kirib: «Ey, ahli Damashq!» deb baqirdilar. Odamlar uning atrofida toʻplanishdi. Shunda Abu Dardo roziyallohu anhu Allohga hamdu sano aytgandan keyin: «Hayo qilmaysizlarmi?! Uyalmaysizlarmi?! Yemaydigan narsalaringizni toʻplamoqdasizlar! Oʻzingiz yashamaydigan binolar qurmoqdasizlar! Oʻzingiz bilmagan narsalarni umid qilmoqdasizlar! Sizdan oldingi asrlarda oʻtganlardan toʻplab joylashtiradiganlar, pishiq qilib quradiganlar umidni uzun etadiganlar boʻlgan edi! Bas, umidlari gʻururga aylandi. Toʻplaganlari baloga, maskanlari qabrga aylandi. Hoy, ogoh boʻlinglar! Od qavmi ot-ulovga, Adan bilan Umon orasiga molik boʻlgan edilar. Kim mendan Odning merosini ikki dirhamga sotib oladi?!» degan ekanlar.

Albatta, ulkan sahobiy Abu Dardo roziyallohu anhu davrlaridagi hoyi havasga berilish bilan hozirgisi orasida yer bilan osmonchalik farq borligini va bugun Abu Dardo roziyallohu anhuga oʻxshash daʼvatchilar mutlaqo yoʻqligini eʼtiborga olsak, dunyo qanday xatar oldida turganini tushunib yetamiz.

Xususan, Farbdagi moddaparast davlatlarning bugungi ahvoli Od qavmi holiga aynan oʻxshashligi xatar yana ham kuchli ekanini koʻrsatadi.

Endigi oyatlarda esa, Solih alayhissalom qissalari keladi: