QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят139

فَكَذَّبُوهُ فَأَهْلَكْنَـٰهُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular u(Hud)ni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.Улар у(Ҳуд)ни ёлғончи қилдилар. Бас, Биз уларни ҳалок қилдик. Албатта, бунда оят-белги бор. Лекин кўплари мўмин бўлмадилар.Alauddin Mansour: Bas, ular (Hudni) yolgʻonchi qilishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta bunda (yaʼni, Hud va uning qavmi boʻlmish Od qabilasi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) koʻplari iymon keltirguvchi boʻlmadilar.Бас, улар (Ҳудни) ёлғончи қилишгач, Биз уларни ҳалок этдик. Албатта бунда (яъни, Ҳуд ва унинг қавми бўлмиш Од қабиласи ҳақидаги қиссада) оят-ибрат бордир. (Лекин одамларнинг) кўплари иймон келтиргувчи бўлмадилар.

373-sahifa · 19-juz · 38-hizb373-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَذَّبُوهُbas, uni yolgʻonchi qildilarбас, уни ёлғончи қилдиларفَأَهْلَكْنَـٰهُمْ ۗbas, Biz ularni halok qildikбас, Биз уларни ҳалок қилдикإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbuбуلَـَٔايَةًۭ ۖoyat-belgi borоят-белги борوَمَاva emasва эмасكَانَedilarэдиларأَكْثَرُهُمularning koʻplariуларнинг кўплариمُّؤْمِنِينَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Albatta, har bir inson, jamoa, qavm, el-yurt va millat bu qissalardan ibrat, eslatma olishi zarur. Oʻtgan salafi solihlarimiz bu ishni oʻrniga qoʻyganlar.

Bu haqda Ibn Abu Hotim Abdulloh ibn Utbadan quyidagi rivoyatni keltiradilar:

«Abu Dardo roziyallohu anhu musulmonlar imoratlarga zeb berib, dov-daraxt kesishga tushib qolganlarini koʻrganda, masjidga kirib: «Ey, ahli Damashq!» deb baqirdilar. Odamlar uning atrofida toʻplanishdi. Shunda Abu Dardo roziyallohu anhu Allohga hamdu sano aytgandan keyin: «Hayo qilmaysizlarmi?! Uyalmaysizlarmi?! Yemaydigan narsalaringizni toʻplamoqdasizlar! Oʻzingiz yashamaydigan binolar qurmoqdasizlar! Oʻzingiz bilmagan narsalarni umid qilmoqdasizlar! Sizdan oldingi asrlarda oʻtganlardan toʻplab joylashtiradiganlar, pishiq qilib quradiganlar umidni uzun etadiganlar boʻlgan edi! Bas, umidlari gʻururga aylandi. Toʻplaganlari baloga, maskanlari qabrga aylandi. Hoy, ogoh boʻlinglar! Od qavmi ot-ulovga, Adan bilan Umon orasiga molik boʻlgan edilar. Kim mendan Odning merosini ikki dirhamga sotib oladi?!» degan ekanlar.

Albatta, ulkan sahobiy Abu Dardo roziyallohu anhu davrlaridagi hoyi havasga berilish bilan hozirgisi orasida yer bilan osmonchalik farq borligini va bugun Abu Dardo roziyallohu anhuga oʻxshash daʼvatchilar mutlaqo yoʻqligini eʼtiborga olsak, dunyo qanday xatar oldida turganini tushunib yetamiz.

Xususan, Farbdagi moddaparast davlatlarning bugungi ahvoli Od qavmi holiga aynan oʻxshashligi xatar yana ham kuchli ekanini koʻrsatadi.

Endigi oyatlarda esa, Solih alayhissalom qissalari keladi: