وَتَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا فَـٰرِهِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va tog`lardan manmanlik-la uylar yo`naverasizmi?!Ва тоғлардан манманлик-ла уйлар йўнаверасизми?!Alauddin Mansour: Yana mohirlik bilan togʻlardan uylar ham yoʻnmoqdasizlar (yasamoqdasizlar)?!Яна моҳирлик билан тоғлардан уйлар ҳам йўнмоқдасизлар (ясамоқдасизлар)?!
Samud qavmi hozirgi ahli dunyolarga–moddaparastlarga oʻxshab oʻzlaridagi mavjud dunyo matohlari ila manmanlik qilishni xush koʻrar edilar. Ularning manmanlik qilishlarining koʻzga koʻringan sohasi togʻ yonbagʻirlaridagi toshlarni yoʻnib uy qilish edi. Ular togʻning toshlarini yoʻnib ich tomoniga kirib uylar, qasrlar qilishar edilar. Ana oʻsha uylari hozirgacha saqlanib qolgan. Arabiston yarim oroli shimolida sayohatchilar tomosha qiladilar. Solih alay- hissalom oʻz qavmlariga oʻsha, manmanlik uchun toshdan uy yoʻnishlarini ham tanqid maʼnosida eslatmoqdalar.