QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят158

فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularni azob tutdi. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.Бас, уларни азоб тутди. Албатта, бунда оят-белги бор. Лекин кўплари мўмин бўлмадилар.Alauddin Mansour: Ularni azob ushladi. Albatta bunda (yaʼni, Solih va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) koʻplari iymon keltirguvchi boʻlmadilar.Уларни азоб ушлади. Албатта бунда (яъни, Солиҳ ва унинг қавми ҳақидаги қиссада) оят-ибрат бордир. (Лекин одамларнинг) кўплари иймон келтиргувчи бўлмадилар.

373-sahifa · 19-juz · 38-hizb373-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَخَذَهُمُbas, ularni tutdiбас, уларни тутдиٱلْعَذَابُ ۗazobазобإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbuбуلَـَٔايَةًۭ ۖoyat-belgi borоят-белги борوَمَاva emasва эмасكَانَedilarэдиларأَكْثَرُهُمularning koʻplariуларнинг кўплариمُّؤْمِنِينَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Ha, Samud qavmi qissasida koʻpgina belgilar bor. Ayniqsa, azobga uchragan oʻsha qavmga oʻxshab modda ketidan quvayotgan, turli hoyi havaslarga berilgan bugungi odamlar ulardan ibrat olishi juda ham zarur.

Endigi oyatlarda Lut alayhissalom qissalari keladi: