QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят17

أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bani Isroilni biz bilan qo`yib yubor», deb aytinglar, dedi.Бани Исроилни биз билан қўйиб юбор», деб айтинглар, деди.Alauddin Mansour: (Qoʻl ostingdagi) Bani Isroil (qavmi)ni bizga qoʻshib (oʻz yurtlari — Falastinga) joʻnatgin».(Қўл остингдаги) Бани Исроил (қавми)ни бизга қўшиб (ўз юртлари — Фаластинга) жўнатгин».

367-sahifa · 19-juz · 37-hizb367-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَنْtokiтокиأَرْسِلْqoʻyib yuborқўйиб юборمَعَنَاbiz bilanбиз биланبَنِىٓBaniБаниإِسْرَٰٓءِيلَIsroilniИсроилни
TafsirТафсир

Alloh:

«Yoʻq!»–yaʼni, ular seni oʻldira olmaslar, dedi.

«Bas, ikkingiz Bizning oyat-moʻʼjizalarimiz ila boringlar.»

Ikki aka-uka Paygʻambar boʻlib, Bizning moʻʼjizalarimiz ila qurollanib, Firʼavn va uning qavmi oldiga boringlar.

«Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.»

Yaʼni, doimo sizlar bilan birgamiz, hamma narsani eshitib turamiz. Sizlar hech hadiksiramay, borib daʼvatni boshlayveringlar.

«Bas, Firʼavnga boringlar.»

Hamma gap oʻshanda. Xudolik daʼvo qilgan ham oʻsha. Odamlarni oʻziga boʻysundirib olgan ham oʻsha. Bani Isroilga turli azob-uqubat berayotgan ham oʻsha. Shuning uchun, avvalo, oʻshaning oldiga boringlar:

«...va unga: «Biz Robbul olamiynning Paygʻambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor», deb aytinglar».

Koʻrinib turibdiki, Muso va Horun alayhissalomlar zimmasidagi asosiy vazifa–Bani Isroilni Firʼavn zulmidan qutqarib olish va uni tavhid aqiydasi asosida qayta tarbiyalash boʻlgan.

Muso va Horun alayhissalomlar Alloh taoloning buyrugʻini bajardilar. Firʼavnning oldiga borib, lozim gaplarni aytdilar. Kechagina oʻzlarining orasida tarbiyalangan, uning qavmidan bir kishini oʻldirib qoʻyib qochib ketgan Musodan bu gaplarni eshitgan Firʼavn masxaraomuz holatda oʻtmishni eslab, unga minnat qila boshladi: