قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Fir'avn): «Biz seni go`dakligingdan o`z ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda o`tkazmadingmi?!У (Фиръавн): «Биз сени гўдаклигингдан ўз ичимизда тарбия қилмадикми?! Умрингнинг бир неча йилини бизнинг ичимизда ўтказмадингми?!Alauddin Mansour: (Ular kelib Firʼavnga shu soʻzlarni aytishgach, u Musoga qarab) dedi: «Biz seni bolalik chogʻingda oʻz ichimizda (yaʼni, saroyimizda) tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku!(Улар келиб Фиръавнга шу сўзларни айтишгач, у Мусога қараб) деди: «Биз сени болалик чоғингда ўз ичимизда (яъни, саройимизда) тарбияламаганмидик, умрингнинг бир неча йилида орамизда турган эдинг-ку!
Firʼavnning minnatlaridan asosiy maqsadi–Muso alayhissalom olib kelgan dinni inkor qilish edi. U Muso alayhissalomning Paygʻambarliklarini, Allohning elchisi sifatidagi muomalalarini koʻtara olmay, oʻziga oʻxshaganlarning yoʻlini tutdi. Muso alayhissalomga «oʻtkazib qoʻygan» va oʻzicha u zotning kamchiliklari deb oʻylagan ishlarini yuziga soldi.
«Biz seni goʻdakligingdan oʻz ichimizda tarbiya qilmadikmi?!»
Qoʻlimizda katta boʻla turib, endi, bizga, dinimizga va mulkimizga qarshi chiqasanmi? Yangi din keltirdim, deb daʼvo qilasanmi?
«Umringning bir necha yilini bizning ichimizda oʻtkazmadingmi?!»
Oʻsha yillarda bunday gaplarni aytmay, jimgina yurar eding-ku. Senda biror alomati ham yoʻq edi. Buning ustiga, seni daryoda oqib kelayotganingda topib olib, yuvib-tarab, parvarishlab oʻstirganimiz uchun rahmat aytish oʻrniga,
«Nonkoʻrlardan boʻlib, qiladigan ishingni qilib qoʻymadingmi?!»
Yaʼni, bizning qavmimizdan bir kishini oʻldirib qoʻymadingmi?!
Firʼavnning bu daʼvolari qarshisida Muso alayhissalomning tillari tutilib qolmadi. Alloh taoloning yordami ila Firʼavnga burrolik bilan quyidagi javobni berdilar: