وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ ٱلَّتِى فَعَلْتَ وَأَنتَ مِنَ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va nonko`rlardan bo`lib, qiladigan ishingni qilib qo`ymadingmi?!» dedi.Ва нонкўрлардан бўлиб, қиладиган ишингни қилиб қўймадингми?!» деди.Alauddin Mansour: Keyin nonkoʻrlardan boʻlib qilgan qilmishingni — qilgan eding-ku (yaʼni, bir Qibtiyni oʻldirib qoʻyib qochib ketgan eding-ku)!»Кейин нонкўрлардан бўлиб қилган қилмишингни — қилган эдинг-ку (яъни, бир Қибтийни ўлдириб қўйиб қочиб кетган эдинг-ку)!»
Firʼavnning minnatlaridan asosiy maqsadi–Muso alayhissalom olib kelgan dinni inkor qilish edi. U Muso alayhissalomning Paygʻambarliklarini, Allohning elchisi sifatidagi muomalalarini koʻtara olmay, oʻziga oʻxshaganlarning yoʻlini tutdi. Muso alayhissalomga «oʻtkazib qoʻygan» va oʻzicha u zotning kamchiliklari deb oʻylagan ishlarini yuziga soldi.
«Biz seni goʻdakligingdan oʻz ichimizda tarbiya qilmadikmi?!»
Qoʻlimizda katta boʻla turib, endi, bizga, dinimizga va mulkimizga qarshi chiqasanmi? Yangi din keltirdim, deb daʼvo qilasanmi?
«Umringning bir necha yilini bizning ichimizda oʻtkazmadingmi?!»
Oʻsha yillarda bunday gaplarni aytmay, jimgina yurar eding-ku. Senda biror alomati ham yoʻq edi. Buning ustiga, seni daryoda oqib kelayotganingda topib olib, yuvib-tarab, parvarishlab oʻstirganimiz uchun rahmat aytish oʻrniga,
«Nonkoʻrlardan boʻlib, qiladigan ishingni qilib qoʻymadingmi?!»
Yaʼni, bizning qavmimizdan bir kishini oʻldirib qoʻymadingmi?!
Firʼavnning bu daʼvolari qarshisida Muso alayhissalomning tillari tutilib qolmadi. Alloh taoloning yordami ila Firʼavnga burrolik bilan quyidagi javobni berdilar: