قَالَ فَعَلْتُهَآ إِذًا وَأَنَا۠ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Muso): «O`sha ishni qilgan bo`lsam, bilmasdan qilganman.У (Мусо): «Ўша ишни қилган бўлсам, билмасдан қилганман.Alauddin Mansour: (Muso) aytdi: «Oʻshanda men u ishni bilmagan holda qilgan edim.(Мусо) айтди: «Ўшанда мен у ишни билмаган ҳолда қилган эдим.
Muso alayhissalom qibtiyni oʻldirishlari sababini bayon qilish bilan javob boshladilar.
«Oʻsha ishni qilgan boʻlsam, bilmasdan qilganman.»
Yaʼni, sening qabiladoshingni qasdan oʻldirganim yoʻq. U vaqtda koʻp narsalarni bilmas edim. Oʻsha qibtiy mening bir qabiladoshim–bani isroillik bilan urishayotgan ekan. Qabiladoshim mendan yordam soʻradi, men unga yordam beraman deb qibtiyni bir ursam, oʻlib qoldi. Shundan keyin xatoni tushundim va:
«sizlardan xavfsirab qochib ketdim».
Chunki, sizlar meni oʻldirish payiga tushib qolgan edingiz.
«Keyin Alloh menga hikmat berdi.»
Oʻzim topib olganim yoki quruq daʼvo qilayotganim yoʻq.
«...va meni Paygʻambarlardan qildi.»
Bu oddiy holat. Chunki, mendan oldin ham koʻplab Paygʻambarlar oʻtgan. Men ulardan biriman, xolos.
Endi, meni goʻdakligimdan tarbiya qilganlaring, ichlaringda bir necha yillar olib yurganlaringga kelsak,
«Oʻsha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir».
Sen Bani Isroilni qul qilib olgan eding. Ularning yangi tugʻilgan qizlarini qoldirib, oʻgʻil bolalarini oʻldirar eding. Bundan qoʻrqqan onam meni daryoga oqizdi. Sizlar meni tutib olib boqdingiz, tarbiya qildingiz. Oilamdan judo boʻlib oʻsdim. Endi esa, menga buni minnat qilmoqdasan. Oʻzingcha, yaxshilik qilganman, deb oʻylayotgan boʻlsang kerak-da?!
Muso alayhissalomning bu soʻzlarini eshitgan Firʼavn gapni boshqa tomonga burdi. Muso va Horun alayhissalomlarning: «Biz Robbul olamiynning Paygʻambarlarimiz», deganlariga ishora qilib: