إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.Албатта, бунда оят-белги бор. Лекин кўплари мўмин бўлмадилар.Alauddin Mansour: Albatta bunda (Lut va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) koʻplari iymon keltirguvchi boʻlmadilar.Албатта бунда (Лут ва унинг қавми ҳақидаги қиссада) оят-ибрат бордир. (Лекин одамларнинг) кўплари иймон келтиргувчи бўлмадилар.
Ha, Lut alayhissalom qavmi qissasida juda katta oyat va belgi bor. Insonlar ulardan ibrat olishlari, Alloh harom qilgan ishlarga yaqinlashmasliklari, inson tabiatiga zid narsadan lazzat olishga urinmasliklari kerak.
Endi Shuayb alayhissalom qissalari keladi: