QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят176

كَذَّبَ أَصْحَـٰبُ لْـَٔيْكَةِ ٱلْمُرْسَلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qalin daraxtzor egalari Payg`ambarlarni yolg`onchi qildilar.Қалин дарахтзор эгалари Пайғамбарларни ёлғончи қилдилар.Alauddin Mansour: Daraxtzor egalari (yaʼni, Shuʼayb paygʻambar qavmi) paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar.Дарахтзор эгалари (яъни, Шуъайб пайғамбар қавми) пайғамбарларни ёлғончи қилдилар.

374-sahifa · 19-juz · 38-hizb374-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَذَّبَyolgʻonchi qildilarёлғончи қилдиларأَصْحَـٰبُegalariэгалариلْـَٔيْكَةِqalin daraxtzorқалин дарахтзорٱلْمُرْسَلِينَPaygʻambarlarniПайғамбарларни
TafsirТафсир

Arab tilida qalin daraxtzor–daraxtlari bir-biriga kirishib ketgan oʻrmon «ayka» deyiladi. Bu oyatda zikri kelayotgan «qalin daraxtzor» Madyan oʻlkasidir. Bu oʻlka Hijoz bilan Falastin oʻrtasida, Aqaba koʻrfazida joylashgan. U yerda daraxtlar qalin boʻlib, shoxlari bir-biriga kirishib oʻsadi. Shunga koʻra, «ayka» nomi bilan ham ataladi. Oʻsha yerning qavmiga Alloh taolo Shuayb alayhissalomni Paygʻambar etib yubordi. Bu kishi Muso alayhissalomdan oldin kelgan Paygʻambar edilar. Shuayb alayhissalom qissasini boshqa oʻrinlarda, jumladan, «Hijr» surasi tafsirida ham oʻrganganmiz.

«Qalin daraxtzor egalari Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar.»

Alloh yuborgan Paygʻambari Shuayb alayhissalomni yolgʻonchiga chiqargan Ayka xalqini hamma Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilganlikda ayblamoqda. Chunki, avval ham bir necha bor taʼkidlanganidek, Allohning birgina Paygʻambarini rad etish barcha Paygʻambarlarni inkor qilishga barobardir.