QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят186

وَمَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَإِن نَّظُنُّكَ لَمِنَ ٱلْكَـٰذِبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sen bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassan. Biz seni, albatta, yolg`onchilardan, deb bilamiz.Ва сен бизга ўхшаган башардан бошқа нарса эмассан. Биз сени, албатта, ёлғончилардан, деб биламиз.Alauddin Mansour: Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamdirsan. Albatta bizlar seni yolgʻonchi kimsalardan, deb gumon qilurmiz.Сен ҳам худди бизларга ўхшаган одамдирсан. Албатта бизлар сени ёлғончи кимсалардан, деб гумон қилурмиз.

375-sahifa · 19-juz · 38-hizb375-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva emasва эмасأَنتَsenсенإِلَّاboshqaбошқаبَشَرٌۭbashardanбашарданمِّثْلُنَاbizga oʻxshaganбизга ўхшаганوَإِنva albattaва албаттаنَّظُنُّكَseni gumon qilamizсени гумон қиламизلَمِنَalbatta, -danалбатта, -данٱلْكَـٰذِبِينَyolgʻonchilarёлғончилар
TafsirТафсир

Harom yoʻl bilan, beli ogʻrimay mol-dunyo topganlar quturib ketadilar. Uncha-muncha narsani pisand qilmay, doimo osmondan keladilar. Xuddi shu holni Shuayb alayhissalomning qavmlari Madyan aholisida koʻrib turibmiz. Ular oʻzlarini halokatdan qutqarish uchun kelgan Allohning Paygʻambari yuziga qarab:

«Albatta, sen sehrlanganlardansan», demoqdalar.

Yaʼni, sehr taʼsirida aql-hushing yoʻqolib, kirdi-chiqdi boʻlib qolgan. Hozirgi aytayotgan gaplaring ham telba odamning gapiga oʻxshaydi, demoqchilar. Ha, haromxoʻrga halollik haqidagi gap jinnilikka oʻxshab tuyuladi.

«Va sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassan.»

Ularning fikricha, hamma bashar oʻzlariga oʻxshagan oʻgʻri, muttaham boʻlishi kerak. Halollik, poklik haqida faqat farishta gapirishi kerak.

«Biz seni, albatta, yolgʻonchilardan, deb bilamiz.»

Birovning haqini yemaslik va Allohdan qoʻrqishga chaqirish ular uchun yolgʻonchilikdan iborat.

Ular haromdan topgan pullari kuchi bilan oʻzlari yashayotgan haromxoʻr jamiyatda uzatilgan joyiga qoʻllari yetaverib, quturib ketishgan. Hech narsadan qoʻrqmaydigan boʻlib qolishgan. Shuning uchun ham, hech tap tortmasdan Shuayb alayhissalomga:

«Agar rostgoʻylardan boʻlsang, ustimizdan osmonning bir boʻlagini tashlavor», dedilar».

Ularning bu gaplariga Shuayb alayhissalom oʻziga yarasha javob berdilar.