قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Albatta, sen sehrlanganlardansan.Улар: «Албатта, сен сеҳрланганлардансан.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Hech shak-shubhasiz, sen sehrlangan — aqldan ozgan kimsalardandirsan.Улар дедилар: «Ҳеч шак-шубҳасиз, сен сеҳрланган — ақлдан озган кимсалардандирсан.
Harom yoʻl bilan, beli ogʻrimay mol-dunyo topganlar quturib ketadilar. Uncha-muncha narsani pisand qilmay, doimo osmondan keladilar. Xuddi shu holni Shuayb alayhissalomning qavmlari Madyan aholisida koʻrib turibmiz. Ular oʻzlarini halokatdan qutqarish uchun kelgan Allohning Paygʻambari yuziga qarab:
«Albatta, sen sehrlanganlardansan», demoqdalar.
Yaʼni, sehr taʼsirida aql-hushing yoʻqolib, kirdi-chiqdi boʻlib qolgan. Hozirgi aytayotgan gaplaring ham telba odamning gapiga oʻxshaydi, demoqchilar. Ha, haromxoʻrga halollik haqidagi gap jinnilikka oʻxshab tuyuladi.
«Va sen bizga oʻxshagan bashardan boshqa narsa emassan.»
Ularning fikricha, hamma bashar oʻzlariga oʻxshagan oʻgʻri, muttaham boʻlishi kerak. Halollik, poklik haqida faqat farishta gapirishi kerak.
«Biz seni, albatta, yolgʻonchilardan, deb bilamiz.»
Birovning haqini yemaslik va Allohdan qoʻrqishga chaqirish ular uchun yolgʻonchilikdan iborat.
Ular haromdan topgan pullari kuchi bilan oʻzlari yashayotgan haromxoʻr jamiyatda uzatilgan joyiga qoʻllari yetaverib, quturib ketishgan. Hech narsadan qoʻrqmaydigan boʻlib qolishgan. Shuning uchun ham, hech tap tortmasdan Shuayb alayhissalomga:
«Agar rostgoʻylardan boʻlsang, ustimizdan osmonning bir boʻlagini tashlavor», dedilar».
Ularning bu gaplariga Shuayb alayhissalom oʻziga yarasha javob berdilar.