وَٱتَّقُوا۟ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلْجِبِلَّةَ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qo`rqing».Сизни ва аввалги наслларни яратган Зотдан қўрқинг».Alauddin Mansour: Hamda sizlarni ham (sizlardan) avval yaralgan ummatlarni ham yaratgan zot — Allohdan qoʻrqinglar!»Ҳамда сизларни ҳам (сизлардан) аввал яралган умматларни ҳам яратган зот — Аллоҳдан қўрқинглар!»
Ha, faqat Allohdan qoʻrqqandagina turli yoʻllar bilan boshqalarning haqini yeyishdan tiyilish mumkin. Madyan aholisi birovlarning haqini yeyishda turli uslublarni qoʻllashgan ekan. Oʻlchovdan va tarozidan urib qolishdan boshlab, aldamchilik, qalloblik, olib qochish, kuch ishlatib tortib olish kabi iqtisodiy jinoyatlarning hammasini qilar edilar. Albatta, bunday jinoyatlarga Allohdan qoʻrqmaydiganlar qoʻl uradi.
Lekin Shuayb alayhissalomning nasihatlari bu qavmga taʼsir qilmadi. Ul zotdan foyda olish oʻrniga, tuhmat qila boshladilar.